2026-yil kuzgi attestatsiya uchun pedagogika va kasbiy standart bo‘yicha test savollari to‘plamining 4-qismi (73–95-savollar).
2026-yil kuzgi attestatsiya uchun pedagogika va kasbiy standart bo‘yicha test savollari to‘plamining 4-qismi (73–95-savollar). Har bir savolni avval o‘zingiz yeching, so‘ng «Javobni ko‘rish» tugmasini bosib, to‘g‘ri javob va qisqa izoh bilan tanishing.
💡 Maslahat: savollarni ketma-ket yeching va xato qilganlaringizni alohida yozib boring — takrorlash uchun qulay bo‘ladi.
73-savol
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quv davri davomida o‘quvchilarning o‘zlashtirish holatini tahlil qilib bordi. Ayrim mavzular bo‘yicha kutilgan natijalarga erishish darajasi pastroq ekanini aniqladi. Olingan ma’lumotlar asosida keyingi mashg‘ulotlarning mazmuni va tashkil etish tartibiga tegishli o‘zgartirishlar kiritdi.
Ushbu vaziyatda o‘qituvchi qaysi zarur ko‘nikmani namoyon qilmoqda?
- A) O‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos differensial yordam ko‘rsatish
- B) O‘quvchilar bilan natijalari asosida rejalarni muvofiqlashtirish
- C) Pedagogik va psixologik bilimlardan foydalanib, vaziyatni boshqarish
- D) Har bir o‘quvchining ehtiyojlari va qobiliyatlarini diagnostika qilish
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) O‘quvchilar natijalari asosida rejalarni muvofiqlashtirishIzoh: O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini tahlil qildi va aniqlangan kamchiliklar asosida keyingi mashg‘ulotlarning mazmuni hamda tashkil etilishiga o‘zgartirish kiritdi. Bu — o‘quv natijalariga qarab ta’lim jarayonini moslashtirish, rejalarni qayta ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish ko‘nikmasidir.
74-savol
O‘qituvchilar darslarni rejalashtirishda turli o‘quv vazifalarini belgilaydilar.
Dars turlarini ularga mos pedagogik faoliyat bilan moslashtiring.
Dars turlari:
1. Aralash dars.
2. Yangi bilim berish darsi.
3. Mustahkamlash va takrorlash darsi.
Pedagogik faoliyat:
a) Ilgari o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar.
b) Uy vazifasini tekshirish, yangi mavzuni o‘tish va baholash.
c) Bo‘lim yakunida asosiy g‘oyalarni o‘zaro bog‘lash.
d) Oldingi bilimlarni faollashtirib, yangi mavzuni tushuntirish va dastlabki tekshirish.
- A) 1–b, 2–d, 3–a
- B) 1–d, 2–c, 3–a
- C) 1–a, 2–b, 3–d
- D) 1–c, 2–a, 3–d
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) 1–b, 2–d, 3–aIzoh: 1. Aralash dars — b. Uy vazifasini tekshirish, yangi mavzuni tushuntirish va baholash kabi bir nechta vazifalar bir darsda amalga oshiriladi. 2. Yangi bilim berish darsi — d. Avvalgi bilimlar faollashtiriladi, yangi mavzu tushuntiriladi va dastlabki o‘zlashtirish tekshiriladi. 3. Mustahkamlash va takrorlash darsi — a. Oldin o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar bajariladi.
75-savol
O‘quv yili boshida o‘qituvchi o‘quvchilarga avvalgi bosqichda o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarni qamrab oluvchi qisqa topshiriqlar berdi. Natijalar asosida qaysi jihatlar yetarlicha shakllanmaganini aniqlab, keyingi darslarni shunga muvofiq rejalashtirdi.
Mazkur vaziyatda qaysi baholash turi qo‘llangan?
- A) An’anaviy baholash
- B) Formativ baholash
- C) Autentik baholash
- D) Diagnostik baholash
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D) Diagnostik baholashIzoh: Diagnostik baholash — o‘quvchilarning dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, mavjud bo‘shliqlarni topish hamda keyingi ta’lim jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish uchun o‘tkaziladigan baholash turidir. Vaziyatda o‘qituvchi o‘quv yilining boshida avvalgi bilimlarni tekshirdi, kamchiliklarni aniqladi va natijalarga qarab darslarni rejalashtirdi. Bu diagnostik baholashning asosiy belgisidir.
76-savol
Pedagog yangi bo‘lim boshlanishidan oldin o‘quvchilarning tayyorgarligini tekshirdi. Natijalarga ko‘ra ularni bir necha guruhga ajratib, har bir guruh uchun mazmuni va murakkabligi farqlanadigan topshiriqlar tayyorladi. Barcha guruhlar uchun o‘quv dasturining umumiy talablari saqlandi.
Pedagog qaysi ta’lim texnologiyasini ustuvor qo‘llagan?
- A) Hamkorlik ta’lim texnologiyasi
- B) Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi
- C) Dasturiy ta’lim texnologiyasi
- D) Modul ta’lim texnologiyasi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasiIzoh: Tabaqalashtirilgan ta’lim — o‘quvchilarning bilim darajasi, qobiliyati, tayyorgarligi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limni tashkil etishdir. Vaziyatda pedagog o‘quvchilarning tayyorgarligini aniqlab, ularni guruhlarga ajratdi va har bir guruhga murakkabligi hamda mazmuni turlicha bo‘lgan topshiriqlar berdi. Bu tabaqalashtirilgan ta’limning asosiy belgisidir.
77-savol
O‘quvchi she’rni so‘zma-so‘z yod aytib berdi, ammo o‘qituvchi so‘zlar ma’nosini so‘raganda tushuntira olmadi.
O‘qituvchi keyingi darslarni rejalashtirishda qaysi didaktik tamoyilga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim?
- A) Ko‘rgazmalilik tamoyiliga.
- B) Onglilik va faollik tamoyiliga.
- C) Tizimlilik va izchillik tamoyiliga.
- D) Bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish tamoyiliga.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Onglilik va faollik tamoyiliIzoh: O‘quvchi she’rni yoddan ayta oladi, lekin so‘zlarning ma’nosini tushuntira olmaydi. Bu bilimning mazmunini anglamasdan, faqat mexanik yodlanganini bildiradi. Onglilik va faollik tamoyili o‘quvchining bilimni shunchaki yodlab olishini emas, balki uning mazmunini tushunishi, fikrlashi, savollarga mustaqil javob berishi va bilimni ongli ravishda egallashini talab qiladi.
78-savol
Tabiiy fanlar bo‘yicha yillik taqvim-mavzu rejasida bo‘lim yakunida “Tabiatda va inson hayotida suvning ahamiyati” mavzusidagi umumlashtiruvchi dars ko‘zda tutilgan.
Ushbu rejalashtirish qaysi didaktik prinsipga mos kelishini aniqlang.
- A) Onglilik va faollik tamoyili
- B) Ko‘rgazmalilik va ilmiylik tamoyili
- C) Nazariya va amaliyot birligi tamoyili
- D) Tizimlilik va ketma-ketlik tamoyili
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D) Tizimlilik va ketma-ketlik tamoyiliIzoh: O‘quv materiallari bo‘limlar bo‘yicha tartibli o‘tiladi va bo‘lim yakunida umumlashtiruvchi dars tashkil etiladi. Bunda o‘quvchilar avval o‘rgangan bilimlarini bir tizimga soladi, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglaydi va umumiy xulosa chiqaradi. Bu tizimlilik va ketma-ketlik tamoyiliga mos keladi.
79-savol
O‘qituvchi “Yog‘och o‘ymakorlik buyumlari” mavzusida to‘garak qoidasini o‘rgatdi. O‘quvchilar o‘z kun tartibidagi mashg‘ulotlarga intilgan holda o‘ymakorlik buyumlari, asboblar va hunar orasidagi bog‘liqlikni aniqladilar. So‘ng olingan ma’lumotlar asosida yangi masalalar tuzib, ularni turli usullarda yechdilar.
Mazkur vaziyatda qaysi ta’lim turi qo‘llanilgan?
- A) Rivojlantiruvchi ta’lim
- B) Interfaol ta’lim
- C) Dasturiy ta’lim
- D) Tabaqalashtirilgan ta’lim
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) Rivojlantiruvchi ta’limIzoh: Rivojlantiruvchi ta’lim o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy qobiliyati, tahlil qilish, muammolarni aniqlash va turli usullarda yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi. Vaziyatda o‘quvchilar: Buyumlar, asboblar va hunar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar. Olingan ma’lumotlar asosida yangi masalalar tuzdilar. Masalalarni turli usullarda yechdilar. Bu faoliyatlar o‘quvchilarning fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi.
80-savol
Ona tili darsida “Bobur” matni ustida ishlash bo‘yicha sinfda to‘rt kishilik guruh tashkil etildi: Laylo matnni o‘qidi, Bobur notanish so‘zlarni izohladi, Malika reja tuzdi, Sardor xulosa yozdi. O‘qituvchi guruhni baholaganda har bir o‘quvchining hissasiga e’tibor qaratdi.
Bu faoliyat uchun eng mos ta’lim turini aniqlang.
- A) Muammoli ta’lim
- B) Hamkorlikdagi ta’lim
- C) Loyihaga asoslangan ta’lim
- D) Differensial ta’lim
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Hamkorlikdagi ta’limIzoh: Hamkorlikdagi ta’limda o‘quvchilar umumiy maqsadga erishish uchun guruh bo‘lib ishlaydilar. Har bir ishtirokchi muayyan vazifani bajaradi va umumiy natijaga o‘z hissasini qo‘shadi. Vaziyatda: Laylo — matnni o‘qidi. Bobur — notanish so‘zlarni izohladi. Malika — reja tuzdi. Sardor — xulosa yozdi. O‘qituvchining har bir o‘quvchi hissasini alohida baholashi ham hamkorlikdagi ta’limning muhim jihatidir.
81-savol
“O‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish” mehnat vazifasi doirasidagi zarur bilimlarni aniqlang.
- A) Xorijiy til, nutq madaniyati, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda refleksiya usullari.
- B) Ta’lim nazariyasi tarixi, barpo etish tamoyillari, ta’limning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati.
- C) Motivatsion vaziyatlarni yaratish, ularning samaradorligini tahlil qilish va natijalarga erishishda o‘z harakatlarini o‘zgartirish.
- D) O‘quvchilarga metakognitiv strategiyani o‘rgatishda turli yondashuvlardan, shu jumladan o‘z- o‘zini baholash ko‘nikmalaridan foydalanish.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: AIzoh: 84. Savol. Darsni rejalashtirish bosqichlari Birinchi sinf o‘qituvchisi darsga tayyorlanish jarayonini tashkil etmoqda. Quyida uning tayyorgarlik jarayonida bajaradigan harakatlari tartibsiz berilgan. 1. Darsning diagnostik xaritasini yaratish. 2. Dars o‘tishning turli variantlarini baholash. 3. Darsni boshqarish dasturini tuzish. 4. Sinf imkoniyatlari, o‘quvchilar qiziqishi va material xususiyatini o‘rganish. 5. Eng maqbul variantni tanlab, dars samaradorligining mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarini aniqlash. Harakatlarning to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang.
82-savol
Birinchi sinf o‘qituvchisi darsga tayyorlanish jarayonini tashkil etmoqda.
Quyida uning tayyorgarlik jarayonida bajaradigan harakatlari tartibsiz berilgan.
1. Darsning diagnostik xaritasini yaratish.
2. Dars o‘tishning turli variantlarini baholash.
3. Darsni boshqarish dasturini tuzish.
4. Sinf imkoniyatlari, o‘quvchilar qiziqishi va material xususiyatini o‘rganish.
5. Eng maqbul variantni tanlab, dars samaradorligining mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Harakatlarning to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang.
- A) 4–1–2–5–3
- B) 4–3–5–1–2
- C) 1–2–4–5–3
- D) 1–4–2–3–5
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) 4–1–2–5–3Izoh: Darsni rejalashtirishda avvalo sinfning imkoniyatlari, o‘quvchilarning qiziqishlari va o‘quv materialining xususiyatlari o‘rganiladi. Keyin diagnostik xarita yaratiladi, darsni o‘tkazish variantlari baholanadi, eng maqbul variant tanlanadi va darsni boshqarish dasturi ishlab chiqiladi. To‘g‘ri ketma-ketlik: 1. 4 — O‘rganish: sinf, o‘quvchilar va material xususiyatlarini aniqlash. 2. 1 — Diagnostika: darsning diagnostik xaritasini yaratish. 3. 2 — Tahlil: dars o‘tishning turli variantlarini baholash. 4. 5 — Tanlash: eng maqbul variantni tanlash va samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash. 5. 3 …
83-savol
Quyidagi pedagogik vaziyatlarni ularda namoyon bo‘lgan pedagogikaning konstruktiv qobiliyatlar turlari bilan moslashtiring.
Pedagogik vaziyatlar:
1. 8-sinfda o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim darajasidagi farqni hisobga olib, bir guruhga oson, ikkinchisiga o‘rtacha, uchinchisiga murakkab topshiriq tayyorladi.
2. “Tabiat fasllari” mavzusini o‘tishda o‘qituvchi darslik matnidan tashqari bolalar yoshiga mos qo‘shimcha matn va amaliy tajriba tanladi.
Qobiliyat turlari:
A) O‘quvchilarning individualligini hisobga olib, o‘qitishni tashkil etish.
B) Pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
C) Mantiqiy ta’lim olish va o‘z mahoratini takomillashtirish.
D) O‘quv materialini tanlash va samarali metodlarni belgilash.
E) Materialni barcha o‘quvchilarga tushunarli bayon qilish.
- A) 1 – A, 2 – D
- B) 1 – E, 2 – A
- C) 1 – D, 2 – B
- D) 1 – B, 2 – C
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) 1 – A, 2 – DIzoh: 1-vaziyat — A) O‘quvchilarning individualligini hisobga olib, o‘qitishni tashkil etish. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilim darajasi va imkoniyatlarini hisobga olib, turli murakkablikdagi topshiriqlar tayyorlagan. Bu individual xususiyatlarni hisobga olish va tabaqalashtirilgan yondashuvdir. 2-vaziyat — D) O‘quv materialini tanlash va samarali metodlarni belgilash. O‘qituvchi mavzuga mos qo‘shimcha matn va amaliy tajribani tanlagan. Bu o‘quv materialini to‘g‘ri tanlash hamda samarali o‘qitish usullarini belgilash qobiliyatidir.
84-savol
Quyidagi pedagogik vaziyatlarni ularda namoyon bo‘lgan pedagogik qobiliyat turlari bilan moslashtiring.
Pedagogik vaziyatlar:
1. O‘qituvchi doska oldida misol yechayotgan o‘quvchining fikr yuritishini tinglab turib, ayni paytda orqa partadagi ikki o‘quvchining topshiriqdan chalg‘iganini ham payqadi.
2. Ochiq darsdan so‘ng o‘qituvchi darsning qaysi bosqichi rejalashtirilganidan uzoq davom etgani va qaysi topshiriq o‘quvchilarni faollashtirganini qayd etib, o‘z ish uslubidagi samarali va samarasiz jihatlarni aniqladi.
Qobiliyat turlari:
A) Empatik qobiliyat
B) Kuzatuvchanlik qobiliyati
C) Konstruktiv qobiliyat
D) Tahlil qila olish qobiliyati
E) Tashkilotchilik qobiliyati
- A) 1–C, 2–A
- B) 1–B, 2–D
- C) 1–D, 2–E
- D) 1–C, 2–B
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) 1–B, 2–DIzoh: 1-vaziyat — B) Kuzatuvchanlik qobiliyati. O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida doskadagi o‘quvchining faoliyatini kuzatib, orqa partadagi o‘quvchilarning chalg‘iganini ham payqadi. Bu pedagogning sinfdagi jarayonlarni diqqat bilan kuzatish va muhim holatlarni tez ilg‘ash qobiliyatidir. 2-vaziyat — D) Tahlil qila olish qobiliyati. O‘qituvchi o‘z darsini tahlil qilib, samarali va samarasiz jihatlarini aniqladi. Bu o‘z faoliyatiga tanqidiy baho berish, xulosa chiqarish va keyingi ishlarni takomillashtirish qobiliyatidir.
85-savol
Quyidagi pedagogik vaziyatlarni ularda namoyon bo‘lgan konstruktiv qobiliyat turlari bilan moslashtiring.
Pedagogik vaziyatlar:
1. 8-sinfda o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim darajasidagi farqni hisobga olib, bir guruhga oson, ikkinchisiga o‘rtacha, uchinchisiga murakkab topshiriq tayyorladi.
2. “Tabiat fasllari” mavzusini o‘tishda o‘qituvchi darslik matnidan tashqari bolalar yoshiga mos qo‘shimcha matn va amaliy tajriba tanladi.
Qobiliyat turlari:
A) O‘quvchilarning individualligini hisobga olib, o‘qitishni tashkil etish.
B) Pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
C) Mantiqiy ta’lim olish va o‘z mahoratini takomillashtirish.
D) O‘quv materialini tanlash va samarali metodlarni belgilash.
E) Materialni barcha o‘quvchilarga tushunarli bayon qilish.
- A) 1 – A, 2 – D
- B) 1 – E, 2 – A
- C) 1 – D, 2 – B
- D) 1 – B, 2 – C
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) 1 – A, 2 – DIzoh: 1-vaziyat — A) O‘quvchilarning individualligini hisobga olib, o‘qitishni tashkil etish. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilim darajasidagi farqlarni hisobga olib, turli murakkablikdagi topshiriqlar tayyorlagan. Bu o‘quvchilarning individual imkoniyatlariga mos yondashishdir. 2-vaziyat — D) O‘quv materialini tanlash va samarali metodlarni belgilash. O‘qituvchi mavzuni o‘rgatish uchun yoshga mos qo‘shimcha matn va amaliy tajribani tanlagan. Bu kerakli o‘quv materiallarini saralash va samarali metodlarni belgilash qobiliyatidir.
86-savol
Sinf rahbari 4-sinf o‘quvchilarining qaysi xatti-harakatlari qonunga zid deb hisoblanishini va qoidabuzarlikka qanday munosabatda bo‘lishini bilmoqchi.
Buni aniqlash uchun o‘qituvchi qanday tadbir tashkil etishi kerak?
- A) Huquqni targ‘ib qiluvchi ko‘rgazma tayyorlab, uni maktab yo‘lagiga qo‘yish.
- B) Huquqiy mavzudagi ko‘rgazma tayyorlab, uning qismlarini daftarga yozdirish.
- C) Qonun moddalarini o‘qib berib, muhim qismlarini daftarga yozdirish.
- D) Huquqiy mavzuda o‘quvchilar ishtirokida bahs-munozara tashkil etish.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D) Huquqiy mavzuda bahs-munozara tashkil etishIzoh: O‘qituvchi o‘quvchilarning qonunbuzarlik haqidagi tushunchalari va unga munosabatini aniqlamoqchi. Buning uchun ularning fikrlarini tinglash, savollar berish, turli vaziyatlar yuzasidan munosabatini bilish kerak. Bahs-munozara davomida o‘quvchilar: Qaysi xatti-harakatlar qonunga zid ekanini aytadilar. Qoidabuzarlik holatlariga o‘z munosabatlarini bildiradilar. O‘z fikrlarini asoslaydilar. Boshqalarning fikrlarini tinglaydilar.
87-savol
O‘qituvchi “Hamkasblar va ota-onalar bilan hamkorlik” doirasida o‘quvchi manfaatlarini himoya qilish uchun qaysi ishlarni amalga oshiradi?
1. Ota-onalarni maktab hayotiga va ta’lim sifatini yaxshilashga oid muhim qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish.
2. O‘quvchining o‘quv darsliklari bilan ta’minlanganlik darajasini va xonadagi jismoniy xavfsizlik holatini nazorat qilish.
3. O‘quvchining individual rivojlanish xaritasini (trayektoriyasini) tuzishda boshqa fan o‘qituvchilari va mutaxassislar bilan maslahatlashish.
4. Tarbiyaviy muammolarni hal qilish va o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda boshqa pedagogik xodimlar va mutaxassislar bilan ish olib borish.
5. O‘quvchilarning emotsional-qadriyatli rivojini qo‘llab-quvvatlaydigan vaziyatlarni loyihalashtirish.
- A) 2, 4, 5
- B) 1, 3, 4
- C) 1, 2, 3
- D) 1, 3, 5
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) 1, 3, 4Izoh: “Hamkasblar va ota-onalar bilan hamkorlik” sohasi o‘quvchi manfaatlarini ta’minlash uchun ota- onalar, boshqa fan o‘qituvchilari va mutaxassislar bilan hamkorlik qilishni nazarda tutadi. 1 — To‘g‘ri. Ota-onalarni maktab hayoti va muhim qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish hamkorlikning muhim ko‘rinishidir. 3 — To‘g‘ri. O‘quvchining individual rivojlanish trayektoriyasini belgilashda hamkasblar va mutaxassislar bilan maslahatlashish zarur. 4 — To‘g‘ri. Tarbiyaviy muammolarni hal qilishda boshqa pedagoglar va mutaxassislar bilan birgalikda ishlash hamkorlikka kiradi. Boshqa bandlar izohi:…
88-savol
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilar bilan “Yashil maydon” tadbirini tashkil etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar birgalikda faoliyat olib borib, o‘zaro hamkorlik, jamoaviylik va mas’uliyat ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
O‘qituvchining ushbu faoliyati kasb standartining qaysi kompetensiya sohasiga tegishli?
- A) Ta’lim samaradorligini ta’minlash
- B) Xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash
- C) Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish
- D) O‘quv jarayonini rejalashtirish
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishIzoh: “Yashil maydon” tadbiri orqali o‘quvchilarda jamoaviylik, hamkorlik, mas’uliyat, tabiatga mehr va ijtimoiy faollik kabi tarbiyaviy sifatlar shakllantiriladi. Bu faoliyat o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilganligi sababli tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish kompetensiya sohasiga kiradi.
89-savol
Ko‘rgazmalilik tamoyiliga mos keluvchi javobni aniqlang.
- A) O‘quvchilarning bilimlarni kuzatish asosida tushunishi va mustaqil mashqlar orqali mustahkamlashiga erishish.
- B) O‘quvchilarning bilimlarni tajriba orqali tekshirishi va amaliy topshiriqlar yordamida xulosa chiqarishiga erishish.
- C) O‘quvchilarning bilimlarni tasvir, model va namoyishlar orqali idrok etishi hamda tasavvurini boyitishiga erishish.
- D) O‘quvchilarning bilimlarni hayotiy misollar bilan bog‘lashi va kundalik faoliyatda mustaqil qo‘llashiga erishish.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: CIzoh: Ko‘rgazmalilik tamoyili — bilimlarni o‘quvchilarga ko‘rish, kuzatish va idrok etish orqali tushuntirishdir. Bunda rasm, jadval, xarita, chizma, maket, model, video va tajriba namoyishlaridan foydalaniladi.
90-savol
Quyidagi pedagogik vaziyatlarni ularda namoyon bo‘lgan pedagogik yondashuvlar bilan moslashtiring.
1. O‘qituvchi bir o‘quvchisi bilan alohida suhbatlashib, unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi. Boshqa bir o‘quvchisining ruhiy holatini hisobga olib, unga dalda berdi va qo‘llab-quvvatladi.
2. O‘qituvchi o‘quvchilarini muntazam kitob o‘qishga undadi. Shu bilan birga, o‘zi ham doimiy ravishda kitob mutolaa qilib yurdi. O‘quvchilar ustozining bu odatidan o‘rnak ola boshladilar.
Pedagogik yondashuvlar:
A) Empatiya
B) O‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish
C) Shaxsiy namuna ko‘rsatish
D) Pedagogik rag‘batlantirish
E) Pedagogik talabchanlik B)
- A) 1–A, 2–B
- B) 1–B, 2–C
- C) 1–A, 2–C
- D) 1–D, 2–E
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) 1–B, 2–C
91-savol
Quyidagi pedagogik vaziyatlarni ularda namoyon bo‘lgan mantiqiy qobiliyat turlari bilan moslashtiring.
1. O‘qituvchi darsda ma’lumotlarni aniq va mantiqiy ketma-ketlikda yetkazdi: avval asosiy tushunchani, so‘ng misollarni, keyin xulosani berdi.
2. O‘qituvchi sinf sayohatini rejalashtirishda mumkin bo‘lgan xavf va ehtiyojlarni oldindan hisobga olib, zarur choralarni ko‘rdi.
Mantiqiy qobiliyatlar:
A) Tahlil qilish qobiliyati
B) Ma’lumotlarni mantiqiy ketma-ketlikda tartiblash qobiliyati
C) Voqealarni oldindan ko‘ra olish (prognozlash) qobiliyati
D) Solishtirish qobiliyati
E) Umumlashtirish qobiliyati
- A) 1–A, 2–D
- B) 1–B, 2–C
- C) 1–D, 2–B
- D) 1–E, 2–C
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) 1–B, 2–CIzoh: 1 — B) Ma’lumotlarni mantiqiy ketma-ketlikda tartiblash. O‘qituvchi ma’lumotlarni tushunarli izchillikda: tushuncha, misol va xulosa tartibida bayon qilmoqda. 2 — C) Prognozlash qobiliyati. O‘qituvchi kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va ehtiyojlarni oldindan ko‘rib, choralar ko‘rmoqda.
92-savol
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi “Suv resurslarini asrash” mavzusidagi darsiga tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilarga suvning tabiatdagi o‘rni haqida ma’lumotlarni o‘rganish, oddiy hisob- kitoblarni bajarish va o‘z fikrlarini yozma bayon etishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni tanladi. Dars davomida o‘quvchilar tabiat hodisalari, matematik amallar va nutq faoliyati bilan bog‘liq bilimlardan foydalandilar hamda muhim xulosaga kelishlari ko‘zda tutildi.
O‘qituvchi ushbu jarayonda qaysi zarur harakatni namoyon qilmoqda?
- A) Dars vaqtini oqilona boshqarish, shuningdek, mashg‘ulot va sinfdan tashqari faoliyatni o‘quvchilar bilan rejalashtirish.
- B) O‘z faoliyatini fanlararo bog‘liqlik va integratsiya tamoyillarini hisobga olgan holda rejalashtirish.
- C) O‘quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib o‘quv dasturini moslashtirish.
- D) Davlat ta’lim standartlarida belgilangan kompetensiya va hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: BIzoh: O‘qituvchi bitta mavzu doirasida bir nechta fan yo‘nalishlarini birlashtirmoqda: Tabiiy fanlar — suvning tabiatdagi o‘rni. Matematika — hisob-kitoblarni bajarish. Ona tili — fikrlarni yozma bayon etish. Bu fanlararo integratsiya hisoblanadi. Ya’ni turli fanlarga oid bilimlar yagona mavzu atrofida birlashtiriladi.
93-savol
“Ta’lim samaradorligini ta’minlash va o‘quv dasturlarini amalga oshirish” mehnat vazifasi doirasida o‘qituvchidan talab etiladigan zarur bilimlarni aniqlang.
- A) Bolalarning zamonaviy nazariyalari, baholash usullari va ularning o‘quvchiga ta’siri.
- B) Ta’lim maqsadlariga erishish uchun har xil turdagi rejalarni tayyorlashning tuzilishi va mazmuni.
- C) Turli xil ta’limiy ehtiyojlar, shuningdek, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashdagi o‘ziga xos xususiyatlar.
- D) Insoniyatni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalashning klassik va zamonaviy nazariyalari.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: CIzoh: Ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi turli ta’limiy ehtiyojlarga ega o‘quvchilar bilan ishlashni bilishi kerak. Jumladan, o‘zlashtirishi sust, alohida yordamga muhtoj hamda iqtidorli o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olib, ularga mos topshiriq va yondashuvlarni tanlashi zarur.
94-savol
To‘rtinchi sinf o‘qituvchisi kasr tushunchasini o‘rgatishdan oldin o‘quvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan butun sonlarni bo‘lish amalini esga tushirdi. So‘ng yangi materialni oddiydan murakkabga tomon bayon qilib, uning murakkabligini o‘quvchilarning tayyorgarligi va o‘zlashtirish imkoniyatlariga moslashtirdi.
O‘qituvchi qaysi didaktik tamoyilga amal qilmoqda?
- A) Nazariya va amaliyot birligi tamoyiliga.
- B) Tushunarlilik tamoyiliga.
- C) Ko‘rgazmalilik tamoyiliga.
- D) Ilmiylik tamoyiliga.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: BIzoh: Tushunarlilik tamoyili — o‘quv materialini o‘quvchilarning yoshi, bilim darajasi, tayyorgarligi va individual imkoniyatlariga mos ravishda o‘rgatishdir. O‘qituvchi: Avval o‘quvchilarga tanish bilimlarni esga tushirdi. Yangi mavzuni oddiydan murakkabga qarab tushuntirdi. Materialning murakkabligini o‘quvchilarning imkoniyatlariga moslashtirdi. Shuning uchun tushunarlilik tamoyili qo‘llanilgan.
95-savol
Quyidagi pedagogik vaziyatlarni ularda namoyon bo‘lgan pedagogik qobiliyat turlari bilan moslashtiring.
Pedagogik vaziyatlar:
1. Metodbirlashmada ish uslubi keskin tanqid qilingan yosh o‘qituvchi o‘zining kuchli va zaif tomonlarini yaxshi bilgani uchun irodasini yo‘qotmadi, o‘z nuqtayi nazaridan chekinmay, uni dalillar bilan asosladi.
2. Ota-onalar va o‘quvchilar ishtirokidagi sinf kechasida o‘qituvchi har bir ishtirokchiga birdek e’tiborli bo‘lib, davrada samimiy muhit yaratdi.
Qobiliyat turlari:
A) Mantiqiy qobiliyat
B) Kommunikativ qobiliyat
C) Voqealarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati
D) Eshitish va his qilish qobiliyati
E) Shaxsning ichki qobiliyati
- A) 1–E, 2–B
- B) 1–C, 2–A
- C) 1–E, 2–D
- D) 1–B, 2–C
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) 1–E, 2–BIzoh: 1 — E) Shaxsning ichki qobiliyati. O‘qituvchi o‘zining kuchli va zaif tomonlarini anglaydi, tanqidiy vaziyatda o‘zini boshqara oladi va o‘z nuqtayi nazarini himoya qiladi. 2 — B) Kommunikativ qobiliyat. O‘qituvchi turli insonlar bilan samarali muloqot o‘rnatadi, barchaga e’tibor ko‘rsatib, samimiy muhit yaratadi.