Kuzgi attestatsiya 2026: pedagogika bo‘yicha test savollari va javoblari (1-qism, 1–24)

Xalq ta'limi / 18 noyabr, 03:11 · 163

2026-yil kuzgi attestatsiya uchun pedagogika va kasbiy standart bo‘yicha test savollari to‘plamining 1-qismi (1–24-savollar).

Kuzgi attestatsiya 2026: pedagogika bo‘yicha test savollari va javoblari (1-qism, 1–24)
Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈 Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈

2026-yil kuzgi attestatsiya uchun pedagogika va kasbiy standart bo‘yicha test savollari to‘plamining 1-qismi (1–24-savollar). Har bir savolni avval o‘zingiz yeching, so‘ng «Javobni ko‘rish» tugmasini bosib, to‘g‘ri javob va qisqa izoh bilan tanishing.

💡 Maslahat: savollarni ketma-ket yeching va xato qilganlaringizni alohida yozib boring — takrorlash uchun qulay bo‘ladi.
1-savol
O‘qituvchi o‘quvchilarga sun’iy intellektning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslashni, ularni ikki alohida ustunga yozishni topshirdi. Ushbu topshiriqda qaysi metoddan foydalanilgan?
  • A) BBB metodi
  • B) Keys-stadi metodi
  • C) T-sxema metodi
  • D) Aqliy hujum metodi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) T-sxema metodi
Izoh: Bu metodda ma’lumotlar ikki ustunga ajratilib, o‘zaro taqqoslanadi. Masalan: Sun’iy intellektning afzalliklari Sun’iy intellektning kamchiliklari Ma’lumotni tez topadi Noto‘g‘ri ma’lumot berishi mumkin Insonning mustaqil fikrlashiga salbiy ta’sir qilishi Vaqtni tejaydi mumkin Ta’limni individuallashtirishga yordam Shaxsiy ma’lumotlar xavfi mavjud beradi
2-savol
O‘qituvchi o‘quvchilarga matnni o‘qish jarayonida o‘zlariga tanish ma’lumotlarni (✓), yangi ma’lumotlarni (+), oldingi bilimlariga zid fikrlarni (–) va tushunarsiz ma’lumotlarni (?) belgisi bilan ajratishni topshirdi. Ushbu topshiriqda qaysi metoddan foydalanilgan?
  • A) BBB metodi
  • B) INSERT metodi
  • C) T-sxema metodi
  • D) Aqliy hujum metodi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) INSERT metodi
Izoh: INSERT — matnni o‘qish jarayonida ma’lumotlarni avvalgi bilimlar bilan taqqoslab, maxsus belgilar yordamida tahlil qilish metodidir. ✓ — buni avvaldan bilaman. + — bu men uchun yangi ma’lumot. – — bu avvalgi bilganlarimga zid. ? — bu ma’lumotni tushunmadim yoki savolim bor.
3-savol
Dars vaqtida o‘quvchi xato javob berdi. O‘qituvchi uni koyimadi, balki muloyim tarzda xatosini to‘g‘riladi. U o‘quvchining sha’nini saqlab, boshqalarga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tushuntirdi. Dars jarayoni buzilmadi.
Bu vaziyatda o‘qituvchining qaysi sifati yaqqol namoyon bo‘lgan?
  • A) Pedagogik odob
  • B) Pedagogik takt
  • C) Pedagogik refleksiya
  • D) Pedagogik bilimdonlik
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Pedagogik takt
Izoh: Pedagogik takt — muayyan vaziyatda o‘quvchiga qanday munosabatda bo‘lish, nima deyish va qanday yo‘l tutishni me’yorida, o‘rinli hamda nozik his etib tanlash qobiliyati. Misol: O‘quvchi xato javob berganda uni kamsitmasdan, muloyimlik bilan xatosini tushuntirish va to‘g‘ri yo‘naltirish.
4-savol
O‘qituvchi dars davomida uy vazifasini tekshirdi, yangi mavzuni tushuntirdi, o‘quvchilar bilan mashqlar bajardi, bilimlarini baholadi va uyga vazifa berdi. Ushbu dars qanday nomlanadi?
  • A) Yangi bilim beruvchi dars
  • B) Bilimlarni mustahkamlash darsi
  • C) Aralash (kombinatsiyalashgan) dars
  • D) Nazorat darsi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Aralash (kombinatsiyalashgan) dars
Izoh: Bir darsning o‘zida bir nechta didaktik vazifa va bosqichlar uyg‘unlashadi: 1. Uy vazifasini tekshirish. 2. Yangi mavzuni tushuntirish. 3. Bilimlarni mustahkamlash. 4. Nazorat qilish va baholash. 5. Uyga vazifa berish. Misol: O‘qituvchi avval o‘tgan mavzuni so‘raydi, yangi mavzuni tushuntiradi, mashqlar bajartiradi va o‘quvchilarni baholaydi.
5-savol
Nazariy vazifalarni ularning mazmuni bilan moslang.
1. Tavsiflash
2. Diagnostik
3. Prognostik
A) Pedagogik jarayon natijalarini tahlil qilish
B) Ta’lim rivojlanishini oldindan bashorat qilish
C) Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish
  • A) 1–A, 2–C, 3–B
  • B) 1–C, 2–A, 3–B
  • C) 1–B, 2–A, 3–C
  • D) 1–C, 2–B, 3–A
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) 1–C, 2–A, 3–B
6-savol
O‘qituvchi doskani ikki qismga ajratib, bir tomoniga sun’iy intellektning ijobiy jihatlarini, ikkinchi tomoniga esa salbiy jihatlarini yozishni topshirdi. O‘quvchilar ikki tomondagi fikrlarni o‘zaro taqqosladilar. Qaysi metod qo‘llanildi?
  • A) INSERT metodi
  • B) BBB metodi
  • C) T-sxema metodi
  • D) Aqliy hujum metodi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) T-sxema metodi
Izoh: Ma’lumotlarni ikki qarama-qarshi yoki taqqoslanadigan tomonga ajratib, ularni qiyoslash usuli. Ijobiy (+) Salbiy (–) Vaqtni tejaydi Noto‘g‘ri ma’lumot berishi mumkin Ma’lumotni tez topadi Shaxsiy ma’lumotlar xavfi mavjud
7-savol
Informatika o‘qituvchisi o‘quvchilarga kompyuter tarmog‘ida axborot xavfsizligi bilan bog‘liq muammo yuzasidan turli fikrlar bildirishni taklif etdi. O‘quvchilar dastlab o‘z g‘oyalarini erkin ilgari surdilar. Bu bosqichda fikrlar tanqid qilinmadi, keyinchalik bildirilgan takliflar tahlil qilindi.
Ushbu vaziyatda qaysi metod qo‘llangan?
  • A) Debat metodi
  • B) Keys-stadi metodi
  • C) Aqliy hujum metodi
  • D) Rolli o‘yin metodi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Aqliy hujum metodi
Izoh: Aqliy hujumda ishtirokchilar muammo bo‘yicha imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni erkin bildiradilar. Dastlab g‘oyalar tanqid qilinmaydi, keyingi bosqichda esa ular tahlil qilinadi va baholanadi. Misol: O‘quvchilar internetda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning turli usullarini taklif qiladilar.
8-savol
Informatika o‘qituvchisi elektron jadvallarda formulalar va funksiyalardan foydalanishni tushuntirdi. Keyin o‘quvchilar bilan oddiy arifmetik amallardan boshlab, asta-sekin murakkab hisoblash topshiriqlariga o‘tdi.
Ushbu vaziyatda o‘qitishning qaysi didaktik tamoyili ustuvor?
  • A) Ilmiylik tamoyili
  • B) Ko‘rgazmalilik tamoyili
  • C) Nazariya va amaliyotning bog‘liqligi tamoyili
  • D) Tizimlilik va izchillik tamoyili
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D) Tizimlilik va izchillik tamoyili
Izoh: Bilimlarni mantiqiy tartibda, o‘zaro bog‘liq holda va oddiydan murakkabga qarab o‘rgatishni anglatadi. Misol: O‘quvchilar avval qo‘shish va ayirishni, keyin formulalarni, so‘ng murakkab funksiyalarni o‘rganadilar.
9-savol
Informatika fani o‘qituvchisi amaliy mashg‘ulot davomida ayrim o‘quvchilar internet manbalaridan olingan ma’lumotlarni tekshirmasdan foydalanayotganini va raqamli vositalardan foydalanishda qiynalayotganini aniqladi. U o‘quvchilar bilan ma’lumotlarni tahlil qilish, mualliflik huquqlarini himoyalash va raqamli muhitda mas’uliyatli qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilgan mashqlar tashkil etdi.
Ushbu faoliyat qaysi mehnat vazifasiga tegishli?
  • A) Ta’lim samaradorligini ta’minlash va dasturni amalga oshirish.
  • B) O‘zlashtirishni baholash va qayta aloqani taqdim etish.
  • C) Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish.
  • D) Xavfsiz va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D) Xavfsiz va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish
Izoh: O‘quvchilarning xavfsiz, mas’uliyatli va rivojlanishga yordam beruvchi muhitda faoliyat yuritishini ta’minlashni anglatadi. Raqamli xavfsizlik, axborot ishonchliligini tekshirish va mualliflik huquqlariga rioya qilish ham shu vaziyatda muhim o‘rin tutadi. Misol: O‘quvchilarga internetdagi xavfli yoki ishonchsiz axborotni aniqlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va raqamli vositalardan mas’uliyat bilan foydalanishni o‘rgatish.
10-savol
“Ta’lim jarayonini rejalashtirish” mehnat vazifasiga tegishli bo‘lgan mehnat harakatini aniqlang.
  • A) O‘quvchilar tomonidan bilimlarni egallash darajasini nazorat qilish.
  • B) Dars mavzusini amaliyot bilan hayotdagi misollar yordamida bog‘lash.
  • C) O‘zining ta’lim faoliyatini baholash va rivojlanish ehtiyojlarini belgilash.
  • D) O‘quv dasturlarining maqsadlariga muvofiq o‘quv rejalarini ishlab chiqish.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D) O‘quv dasturlarining maqsadlariga muvofiq o‘quv rejalarini ishlab chiqish
Izoh: Ta’lim jarayonini rejalashtirish o‘quv maqsadlarini belgilash, o‘quv mazmunini tartibga solish, metod va vositalarni tanlash hamda kutiladigan natijalarni oldindan aniqlashni o‘z ichiga oladi. Misol: O‘qituvchining o‘quv dasturiga asoslanib, mavzular ketma-ketligi, dars maqsadlari va mashg‘ulotlar rejasini tuzishi.
11-savol
Quyidagi refleksiya turlarini ularning ta’riflari bilan moslashtiring.
1. Intellektual refleksiya
2. Shaxsiy refleksiya
3. Kommunikativ refleksiya
4. Kooperativ refleksiya
Ta’riflar:
A) Muammolarni fikrlash asosida ijobiy hal qilishni belgilaydi.
B) O‘qituvchining nizoli pedagogik ziddiyatlardan janjal qilmasdan chiqish yo‘llarini fikran izlash orqali barqarorlikni ta’minlashini anglatadi.
C) Muloqot jarayonida suhbatdoshlarning bir-birini tushunishi va o‘zaro munosabatini ta’minlaydi.
D) Jamoa a’zolarining birgalikdagi mehnat faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq faoliyat.
  • A) 1–A, 2–B, 3–C, 4–D
  • B) 1–B, 2–A, 3–D, 4–C
  • C) 1–C, 2–D, 3–A, 4–B
  • D) 1–D, 2–C, 3–B, 4–A
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) 1–A, 2–B, 3–C, 4–D
12-savol
Pedagog o‘quvchilar bilan kundalik muloqotda hurmat va mas’uliyatli munosabatda bo‘lish mavzusida mashg‘ulot o‘tkazdi. Dastlab bunday munosabatning insonlar o‘rtasidagi aloqalarga ta’sirini tushuntirdi. Keyin hayotiy vaziyatlar orqali hurmatli munosabatning ahamiyatini ko‘rsatdi. Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar savollarga javob berib, o‘z fikrlarini bildirdilar va bir-birlarining qarashlarini muhokama qildilar.
Mazkur vaziyatda qaysi tarbiya usullari uyg‘un holda qo‘llangan?
1. Tushuntirish
2. Uqtirish
3. Axloqiy suhbat
4. Maslahat berish
5. Ibrat-namuna
  • A) 2, 4, 5
  • B) 1, 2, 3
  • C) 1, 3, 5
  • D) 2, 3, 4
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) 1, 2, 3
13-savol
Qisqa izoh:
* Tushuntirish — hurmat va mas’uliyatli munosabatning mazmuni yoritilgan.
* Uqtirish — bu munosabatlarga amal qilishning muhimligi singdirilgan.
* Axloqiy suhbat — o‘quvchilar fikr almashib, qarashlarini muhokama qilgan.
14-savol. Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi
TEST:
Pedagog yangi bo‘lim boshlanishidan oldin o‘quvchilarning tayyorgarligini tekshirdi. Natijalarga ko‘ra ularni bir necha guruhga ajratib, har bir guruh uchun mazmuni va murakkabligi farqlanadigan topshiriqlar tayyorladi. Bunda barcha guruhlar uchun o‘quv dasturining umumiy talablari saqlandi.
Mazkur vaziyatda pedagog qaysi ta’lim texnologiyasini ustuvor qo‘llagan?
  • A) Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi
  • B) Hamkorlik ta’lim texnologiyasi
  • C) Dasturiy ta’lim texnologiyasi
  • D) Modul ta’lim texnologiyasi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi
Izoh: A) Tabaqalashtirilgan ta’lim — o‘quvchilarning tayyorgarligi va ehtiyojlariga mos topshiriqlar beriladi. B) Hamkorlik ta’limi — o‘quvchilar o‘zaro hamkorlikda bilim oladi va muammolarni hal qiladi. C) Dasturiy ta’lim — material bosqichlarga bo‘linib, izchil topshiriqlar va qayta aloqa orqali o‘zlashtiriladi. D) Modul ta’limi — o‘quv materiali alohida modullarga ajratilib o‘zlashtiriladi. Oltin qoida: O‘quvchilar bilim darajasiga qarab guruhlarga ajratilib, turli murakkablikdagi topshiriqlar berilsa — tabaqalashtirilgan ta’lim. 15-savol. Kasb standarti — O‘quv jarayonini rejalashtirish
14-savol
Kasb standartining “O‘quv jarayonini rejalashtirish” vazifasiga tegishli mehnat harakatini aniqlang.
  • A) O‘quvchilarning darsdagi xulq-atvori va intizomini nazorat qilish, ta’lim jarayonida to‘qnashgan qiyinchiliklarini kuzatish va qayd etish.
  • B) Dars davomida o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirish uchun interfaol metodlar va tabaqalashtirilgan topshiriqlardan foydalanish.
  • C) O‘quvchilarning ehtiyojlari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilgan holda, darsning aniq, o‘lchanadigan va erishiladigan maqsadlarini belgilash.
  • D) Ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib qoidalariga muvofiq o‘quvchilar uchun aniq odob-axloq qoidalarini belgilash va o‘rnatish.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) O‘quvchilarning ehtiyojlari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilgan
15-savol
Ta’lim samaradorligini oshirish sohasiga qaratilgan mehnat harakatlarini belgilang.
1. O‘quvchilar erishgan yutuqlar natijalarini tahlil qilish.
2. O‘quvchilarning jamoaviy va loyihaviy ishlarini tashkil etish.
3. O‘quvchilarga ta’lim olishdagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘z vaqtida differensial yordam berish.
4. O‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil qilishda yordam berish.
  • A) 2, 3
  • B) 2, 4
  • C) 1, 3
  • D) 1, 4
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) 2, 3
16-savol
O‘qituvchining “O‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish” vazifasi doirasidagi “Zarur bilimlar”ga nimalar kiradi?
  • A) Samarali ijtimoiy muloqot asoslari, fanni o‘qitishning turli usullari.
  • B) Nutq madaniyati, xorijiy til hamda AKT texnologiyalari.
  • C) Shaxslararo va ijtimoiy muloqot jarayonlari, hayot xavfsizligi asoslari.
  • D) Ta’limning asosiy nazariyalari va samarali o‘qitish usullari.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Nutq madaniyati, xorijiy til hamda AKT texnologiyalari
Izoh: B javobi siz ko‘rsatgan kalit asosida berildi. Rasmiy kasb standarti matni bilan solishtirilmagan. 18-savol. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish
17-savol
Pedagogik ta’lim maqsadidan kelib chiqib, o‘quv jarayonining bosqichlari, metod va vositalarini oldindan belgilash, har bir bosqichda erishiladigan natijalarni loyihalash va ularni tekshirish tartibini ishlab chiqish qaysi faoliyatni ifodalaydi?
  • A) Ta’lim natijalarini tahlil qilish va baholash
  • B) Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish
  • C) Ta’lim jarayonini nazorat qilish
  • D) Ta’lim mazmunini nazariy o‘rganish
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish
Izoh: vositalari, kutilayotgan natijalar va nazorat tartibi oldindan ishlab chiqiladi.
18-savol
O‘qituvchi darsda mavzuni o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan kichik bloklarga bo‘lib tushuntirdi. Har bir blok tugagach, o‘quvchilar test topshiriqlarini bajarishdi va o‘z natijalarini shu zahotiyoq bilib oldilar. Keyingi o‘quv materialini o‘rganishga esa faqat joriy blokni to‘liq o‘zlashtirgan o‘quvchilargagina ruxsat berildi.
Ushbu vaziyatda pedagog qaysi ta’lim texnologiyasini qo‘llagan?
  • A) Hamkorlik ta’lim texnologiyasi
  • B) Dasturiy ta’lim texnologiyasi
  • C) Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi
  • D) Innovatsion ta’lim texnologiyasi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Dasturiy ta’lim texnologiyasi
Izoh: bosqichdan so‘ng nazorat o‘tkaziladi va darhol qayta aloqa beriladi. Keyingi bosqichga o‘tish oldingi materialni o‘zlashtirishga bog‘liq.
19-savol
O‘qituvchi yangi mavzuning o‘quvchilar hayotidagi ahamiyati va qo‘llanilishini amaliy misollar orqali tushuntirdi. O‘quvchilar esa savollar berib, o‘z fikrlarini bildirdilar va muhokama davomida xulosa chiqardilar.
Ushbu vaziyatda qaysi didaktik tamoyillarning qo‘llanishi aniq namoyon bo‘lgan?
1. Onglilik va faollik
2. Mustahkamlik
3. Ko‘rgazmalilik
4. Nazariya va amaliyot birligi
5. Ilmiylik
  • A) 1, 3
  • B) 2, 4
  • C) 1, 4
  • D) 3, 5
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) 1, 4
20-savol
O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savolni berdi:
«Bir predmet yoki hodisani boshqasiga o‘xshatish orqali tasvirlash qaysi badiiy san’at turiga xos?»
Ushbu savol orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning qaysi kognitiv darajasini aniqlamoqda?
  • A) O‘quvchilarning badiiy san’at vositalarini matnlar asosida qo‘llash ko‘nikmalarini aniqlayapti.
  • B) O‘quvchilarning mumtoz matnni tahlil qila olishiga oid ko‘nikmalarini aniqlayapti.
  • C) O‘quvchilarning badiiy san’atlarni nutqiy vaziyatlarda to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasining shakllanganlik darajasini aniqlayapti.
  • D) O‘quvchilarning badiiy san’at vositalariga oid termin va ta’riflarni eslab qolishga oid bilimlarini aniqlamoqda.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D) O‘quvchilarning badiiy san’at vositalariga oid termin va ta’riflarni eslab
21-savol
O‘quvchilar sinfda yuzaga kelgan kelishmovchilik sabablarini muhokama qildilar. O‘qituvchi vaziyat ishtirokchilarining xatti-harakatlarini xolis baholash, bir-birining his- tuyg‘ularini hisobga olish va o‘zaro hurmat asosida munosabat bildirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar berdi.
Mazkur faoliyatda qaysi tarbiya yo‘nalishi ustuvor hisoblanadi?
  • A) Aqliy tarbiya
  • B) Axloqiy tarbiya
  • C) Mehnat tarbiyasi
  • D) Huquqiy tarbiya
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Axloqiy tarbiya
Izoh: xulq-atvorni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
22-savol
Quyidagi pedagogik vaziyatlarni ularda ustuvor namoyon bo‘lgan qobiliyatlar bilan moslashtiring. Bitta qobiliyat ortiqcha.
Vaziyatlar:
1. O‘qituvchi guruh a’zolarining imkoniyatlarini hisobga olib vazifalarni taqsimladi, ish tartibini belgiladi va barcha ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirdi.
2. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida kelishmovchilik yuzaga kelganda har ikki tomonning fikrini tingladi, o‘zaro ishonchni tikladi va hamkorlikni davom ettirishga erishdi.
3. O‘qituvchi o‘quv maqsadiga muvofiq mavzu mazmunini qayta tuzdi, o‘quv materiallarini tanladi hamda ularni o‘zlashtirish uchun zarur topshiriqlar va vositalar tizimini ishlab chiqdi.
Qobiliyatlar:
a) Konstruktiv qobiliyat
b) Akademik qobiliyat
c) Tashkilotchilik qobiliyati
d) Kommunikativ qobiliyat
  • A) 1-a, 2-b, 3-d
  • B) 1-c, 2-d, 3-a
  • C) 1-d, 2-c, 3-a
  • D) 1-b, 2-a, 3-c
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) 1-c, 2-d, 3-a
23-savol
O‘qituvchi o‘quvchilarga tanish vaziyatni turli usullarda hal qilishni taklif etdi. O‘quvchilar bir nechta yechimni ishlab chiqib, ularni taqqosladilar va tomonlarini izohladilar. Keyingi bosqichda o‘qituvchi ularning fikrlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun avvalgi topshiriqlardan murakkabroq vazifalar berdi. Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar o‘z fikrlash jarayonlarini tahlil qilib, keyingi faoliyatlari uchun xulosalar chiqardilar.
Mazkur vaziyatda o‘qituvchi qaysi ta’lim texnologiyasini ustuvor qo‘llagan?
  • A) Reproduktiv ta’lim texnologiyasi
  • B) Dasturiy ta’lim texnologiyasi
  • C) Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi
  • D) Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi
Izoh: O‘quvchilar mustaqil yechim izlaydi, fikrlarini taqqoslaydi, murakkabroq vazifalarni bajaradi va o‘z fikrlash jarayonini tahlil qiladi. Bu ularning tafakkuri va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Misol: Bitta muammoning bir nechta yechimini topish, ularni taqqoslash va eng maqbulini asoslash.
24-savol
O‘qituvchi 6-sinf ona tili fanidan o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini baholash uchun topshiriqlar tayyorladi. Ularni tekshirish jarayonida ayrim savollarga matnni o‘qimasdan, faqat grammatik qoidalarni bilish orqali javob berish mumkinligini aniqladi. O‘qituvchi ushbu savollarni matndagi ma’lumotlarni tushunish va ular orasidagi bog‘liqlikni aniqlashni talab etadigan topshiriqlar bilan almashtirdi.
O‘qituvchi topshiriqlarning baholanadigan ko‘nikmaga mosligini ta’minlash orqali validlikning qaysi turiga e’tibor qaratgan?
  • A) Mezoniy validlik
  • B) Mazmuniy validlik
  • C) Bashoratiy validlik
  • D) Subyektiv validlik
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Mazmuniy validlik
Izoh: ko‘nikmalarni qay darajada qamrab olishini bildiradi. Bu vaziyatda maqsad — o‘quvchining grammatik bilimini emas, aynan matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini baholash. Misol: O‘qib tushunish testida matndan ma’lumot topish, xulosa chiqarish va ma’lumotlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga oid savollar berish.

O‘xshash maqolalar