Kuzgi attestatsiya 2026: pedagogika bo‘yicha test savollari va javoblari (2-qism, 25–48)

Xalq ta'limi / 18 noyabr, 03:11 · 26

2026-yil kuzgi attestatsiya uchun pedagogika va kasbiy standart bo‘yicha test savollari to‘plamining 2-qismi (25–48-savollar).

Kuzgi attestatsiya 2026: pedagogika bo‘yicha test savollari va javoblari (2-qism, 25–48)
Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈 Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈

2026-yil kuzgi attestatsiya uchun pedagogika va kasbiy standart bo‘yicha test savollari to‘plamining 2-qismi (25–48-savollar). Har bir savolni avval o‘zingiz yeching, so‘ng «Javobni ko‘rish» tugmasini bosib, to‘g‘ri javob va qisqa izoh bilan tanishing.

💡 Maslahat: savollarni ketma-ket yeching va xato qilganlaringizni alohida yozib boring — takrorlash uchun qulay bo‘ladi.
25-savol
Pedagogik paradigma tushunchasining mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan?
  • A) O‘quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash va ularga mos ta’lim usullarini tanlashga xizmat qiluvchi pedagogik tashxis vositalari majmui.
  • B) Ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi, ilmiy-pedagogik hamjamiyat e’tirof etgan nazariy-metodologik qarashlar, ko‘rsatmalar to‘plami.
  • C) O‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini aniqlash va baholash uchun ishlab chiqilgan mezonlar hamda nazorat usullari tizimi.
  • D) Ta’lim jarayonida pedagog va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etishga xizmat qiluvchi metodlar va didaktik vositalar majmui.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi, ilmiy-
26-savol
“Xavfsiz, rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash” mehnat vazifasi doirasida o‘qituvchidan talab etiladigan mehnat harakatlari va zarur ko‘nikmalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1. O‘quvchilar erkin rivojlanishlari va o‘zlarini namoyon eta olishlari uchun o‘zaro ishonch muhitini yaratish.
2. O‘quvchilarning turli xil ehtiyojlari va qobiliyatlari bilan bog‘liq holda baholash usullarini tanlash va qo‘llash.
3. O‘quvchilar jamoasida hamjihatlik, do‘stona muhitni yaratish hamda qo‘llab-quvvatlash.
4. O‘quvchilarga o‘z fikrlarini asoslash va mas’uliyatli qarorlarni qabul qilish jarayonida yo‘l-yo‘riq berish.
5. O‘quvchilarga turli xil tahdidlarning mohiyati va harakatlar ketma-ketligini tushuntirish.
  • A) 1, 4, 5
  • B) 2, 3, 5
  • C) 2, 3, 4
  • D) 1, 2, 3
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) 1, 4, 5
27-savol
O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savolni berdi:
“Talaffuzi va imlosi har xil, ammo mazmuni yaqin so‘zlarni qanday nom bilan ataymiz?”
Ushbu savol orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning qaysi darajadagi bilimini aniqlamoqda?
  • A) O‘quvchilarning tilshunoslikka oid atama va ta’riflarni eslab qolishga oid nazariy bilimlarini aniqlamoqda.
  • B) Ma’nodosh so‘zlarni nutqiy vaziyatlarda o‘rinli qo‘llash malakasining shakllanganlik darajasini aniqlamoqda.
  • C) O‘quvchilarning so‘zning shakl va ma’no munosabatiga oid birliklarini o‘zaro solishtirib, farqlashga oid bilimlarini aniqlamoqda.
  • D) Bir sinonimik qator tarkibidagi so‘zlarning uslubiy xoslanishi jihatidan tasniflanishini aniqlamoqda.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) O‘quvchilarning tilshunoslikka oid atama va ta’riflarni eslab qolishga oid
28-savol
O‘qituvchi o‘quvchilarga bir hodisaning sabablari haqidagi ilmiy qarashlarni taqqoslashni topshirdi. O‘quvchilar manbalardagi dalillarni tekshirib, turli xulosalarning asoslanganligini baholadilar. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi ma’lumotlarni eslab qolishdan ko‘ra, xulosalarning dalillar bilan asoslanishiga e’tibor qaratdi.
Mazkur pedagogik faoliyatda tarbiyaning qaysi yo‘nalishi ustuvor namoyon bo‘lgan?
  • A) Axloqiy tarbiya
  • B) Mehnat tarbiyasi
  • C) Aqliy tarbiya
  • D) Estetik tarbiya
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Aqliy tarbiya
Izoh: xulosalarni tahlil qiladi va ularning asoslanganligini baholaydi. Bu tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.
29-savol
Ona tili fani o‘qituvchisi o‘quvchilarning yozma ishlarini tekshirish jarayonida ayrim o‘quvchilarda fikrni izchil bayon qilish va matn tuzilishini shakllantirishda takroriy muammolar mavjudligini kuzatib, qayd etdi. Ushbu o‘quvchilar bilan ishlashni yaxshilash maqsadida u sinfga dars beradigan boshqa fan o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarning o‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklari haqida fikr almashdi.
Ushbu harakat qaysi mehnat vazifasiga tegishli?
  • A) Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish
  • B) Xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish
  • C) O‘zlashtirishni baholash va tizimli qayta aloqani taqdim etish
  • D) Ta’lim samaradorligini ta’minlash
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) O‘zlashtirishni baholash va tizimli qayta aloqani taqdim etish
Izoh: O‘qituvchi yozma ishlarni tekshiradi, takrorlanayotgan kamchiliklarni aniqlaydi va qayd etadi. Muammolarni bartaraf etish uchun boshqa fan o‘qituvchilari bilan fikr almashadi. Bu o‘quvchilarning qiyinchiliklarini aniqlash va ta’lim natijalarini yaxshilashga qaratilgan.
30-savol
Pedagog yangi mavzuni o‘qitishdan oldin o‘quvchilarning mavjud bilimlari, tayyorgarlik darajasi va o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarini maxsus topshiriqlar orqali aniqladi. Olingan natijalar asosida keyingi mashg‘ulotlar mazmunini hamda o‘quv jarayonini optimallashtirish choralarini belgiladi.
Mazkur vaziyatda pedagog qaysi pedagogik faoliyatni amalga oshirgan?
  • A) Ta’lim natijalarini mezon asosida baholash
  • B) Ta’lim natijalarini yakuniy baholash
  • C) Pedagogik tashxisni amalga oshirish
  • D) Pedagogik tajribalarni umumlashtirish
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Pedagogik tashxisni amalga oshirish
Izoh: Pedagog o‘quvchilarning mavjud bilimlari, tayyorgarligi va qiyinchiliklarini aniqlaydi. Natijalardan keyingi ta’lim jarayonini rejalashtirish va takomillashtirishda foydalanadi.
31-savol
Pedagogikaning prognostik vazifasi nimaga qaratilgan?
  • A) Pedagogik faoliyatni ilmiy o‘rganish va uni o‘zgartirish modelini qurishga
  • B) Pedagogik faoliyatlar rejasi hamda metodik materiallarni ishlab chiqishga
  • C) Pedagogik xususiyatlar hamda ilg‘or va novatorlik tajribalarini o‘rganishga
  • D) Pedagogik hodisalarning holati va mavjud samaradorligini aniqlashga
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) Pedagogik faoliyatni ilmiy o‘rganish va uni o‘zgartirish modelini qurishga
32-savol
Ona tili darsida o‘quvchi matn tahlili jarayonida gap tuzilishiga oid fikrini noto‘g‘ri ifodaladi. Ayrim sinfdoshlari uning javobiga kulib yubordi. O‘qituvchi darhol jarayonga aralashib, “Xato qilish — o‘rganishning bir qismi” ekanligini tushuntirdi va sinfda har bir fikrga hurmat bilan qarash lozimligi haqida ko‘rsatma berdi hamda o‘quvchining xatosini birgalikda, kamsitishlarsiz tahlil qilish orqali to‘g‘ri xulosaga kelishga yo‘naltirdi.
O‘qituvchi qaysi mehnat vazifasini amalga oshirdi?
  • A) Pedagogik faoliyatni tahlil qilish va o‘z-o‘zini rivojlantirish
  • B) Xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash
  • C) O‘zlashtirishni baholash va tizimli qayta aloqani taqdim etish
  • D) Ta’lim samaradorligini ta’minlash, dasturlarni amalga oshirish
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) Xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash
33-savol
O‘qituvchi o‘quv jarayonini loyihalashda o‘quvchilarning ehtiyojlari va ta’lim natijalarini hisobga olgan holda amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakat va ko‘nikma to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1. O‘quvchilarning avvalgi o‘zlashtirish natijalaridan kelib chiqib, darsning aniq va o‘lchanadigan maqsad hamda kutilayotgan natijalarini belgilash.
2. O‘quvchilarning jinsi, millati, madaniyati va individual xususiyatlaridan qat’i nazar, sinf faoliyatida qatnashishi uchun teng imkoniyatlar yaratish.
3. Dars mazmunini boshqa fanlar bilan bog‘lash hamda fanlararo kompetensiyalarni fanga singdirish.
4. O‘quvchilarga individual ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘z vaqtida differensial yordam berish.
  • A) 1, 3
  • B) 2, 3
  • C) 3, 4
  • D) 1, 4
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A) 1, 3
34-savol
Ona tili fani o‘qituvchisi o‘quvchilarning yozma ishlarini tekshirish jarayonida ayrim o‘quvchilarda fikrni izchil bayon qilish va matn tuzilishini shakllantirishda takroriy muammolar mavjudligini kuzatib, qayd etdi. Ushbu o‘quvchilar bilan ishlashni yaxshilash maqsadida u sinfga dars beradigan boshqa fan o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarning o‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklari haqida fikr almashdi.
Ushbu harakat qaysi mehnat vazifasiga tegishli?
  • A) Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish
  • B) Xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish
  • C) O‘zlashtirishni baholash va tizimli qayta aloqani taqdim etish
  • D) Ta’lim samaradorligini ta’minlash
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) O‘zlashtirishni baholash va tizimli qayta aloqani taqdim etish
Izoh: O‘qituvchi yozma ishlarni tekshiradi, takroriy kamchiliklarni aniqlaydi va qayd etadi. Keyin boshqa fan o‘qituvchilari bilan fikr almashib, o‘quvchilarning qiyinchiliklarini bartaraf etish yo‘llarini izlaydi.
35-savol
O‘qituvchi o‘tkazilgan oraliq nazorat ishi natijalarini ko‘zdan kechirib, o‘quvchilarning katta qismi aynan mantiqiy masalalarda xatoga yo‘l qo‘yganini aniqladi. Shundan so‘ng, u keyingi darslar uchun mo‘ljallangan an’anaviy ma’ruza rejasini o‘zgartirib, dars vaqtining asosiy qismini tahliliy topshiriqlarni birgalikda yechish va muammoli vaziyatlarni muhokama qilishga yo‘naltirdi.
Ushbu vaziyatda o‘qituvchi qaysi zarur ko‘nikmani namoyon qildi?
  • A) O‘quvchilarga va ota-onalarga ta’lim va baholash natijalari to‘g‘risida qayta aloqani o‘rnatish uchun turli xil strategiyalardan foydalanish.
  • B) O‘qitish metodikasi va amaliyotini moslashtirishda o‘quvchilarning baholanishiga oid ma’lumotlarni talqin qilish.
  • C) Pedagogik va psixologik bilimlardan foydalanib, pedagogik vaziyat va hodisalarni kuzatib borish, ularni tahlil qilish.
  • D) O‘quvchilarning turli xil ehtiyojlari va qobiliyatlari bilan bog‘liq holda baholash usullarini shaxsga yo‘naltirish.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B) O‘qitish metodikasi va amaliyotini moslashtirishda o‘quvchilarning
36-savol
O‘qituvchi o‘quvchilarga bir hodisaning sabablari haqidagi ilmiy qarashlarni taqqoslashni topshirdi. O‘quvchilar manbalardagi dalillarni tekshirib, turli xulosalarning asoslanganligini baholadilar. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi ma’lumotlarni eslab qolishdan ko‘ra, xulosalarning dalillar bilan asoslanishiga e’tibor qaratdi.
Mazkur pedagogik faoliyatda tarbiyaning qaysi yo‘nalishi ustuvor namoyon bo‘lgan?
  • A) Axloqiy tarbiya
  • B) Mehnat tarbiyasi
  • C) Aqliy tarbiya
  • D) Estetik tarbiya
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Aqliy tarbiya
Izoh: O‘quvchilar ilmiy qarashlarni taqqoslaydi, dalillarni tekshiradi, xulosalarni tahlil qiladi va mantiqiy fikrlash orqali ularning asoslanganligini baholaydi. Bular aqliy tarbiyaning asosiy belgilaridir.
37-savol
Quyidagi pedagogik vaziyatlarni tushunchalar bilan moslashtiring. (Bitta tushuncha ortiqcha.)
Vaziyatlar:
1. O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirishdan oldin ilmiy manbalarni o‘rgandi, tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqladi va mazmuniy xatolarsiz tushuntirishga tayyorlandi.
2. O‘qituvchi adabiy mashq kutilgan natijani bermayotganini ko‘rib, shu mavzu uchun yangi topshiriqlar tizimini ishlab chiqdi va uning samaradorligini sinab ko‘rdi.
3. O‘qituvchi o‘quvchilarning xatolarini tahlil qilish bilan cheklanmay, ularning yuzaga kelishiga o‘z tushuntirish usuli qanday ta’sir qilganini aniqladi.
Tushunchalar:
a) Pedagogik nazokat
b) Kasbiy bilimdonlik
c) Pedagogik ijodkorlik
d) Pedagogik refleksiya
  • A) 1-b, 2-a, 3-c
  • B) 1-c, 2-b, 3-a
  • C) 1-a, 2-c, 3-b
  • D) 1-b, 2-c, 3-d
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D) 1-b, 2-c, 3-d
38-savol
Pedagog yangi mavzuni o‘qitishdan oldin o‘quvchilarning mavjud bilimlari, tayyorgarlik darajasi va o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarini maxsus topshiriqlar orqali aniqladi. Olingan natijalar asosida keyingi mashg‘ulotlar mazmunini hamda o‘quv jarayonini optimallashtirish choralarini belgiladi.
Mazkur vaziyatda pedagog qaysi pedagogik faoliyatni amalga oshirgan?
  • A) Ta’lim natijalarini mezon asosida baholash
  • B) Ta’lim natijalarini yakuniy baholash
  • C) Pedagogik tashxisni amalga oshirish
  • D) Pedagogik tajribalarni umumlashtirish
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Pedagogik tashxisni amalga oshirish
Izoh: O‘qituvchi o‘quvchilarning mavjud bilimlari, tayyorgarligi va qiyinchiliklarini aniqlaydi. Keyin olingan ma’lumotlardan ta’lim jarayonini rejalashtirish va takomillashtirish uchun foydalanadi.
39-savol
Ikki pedagog bir xil mavzuni o‘qitishda turlicha yo‘l tutdi. Birinchisi barcha o‘quvchilarga bir xil topshiriq berdi. Ikkinchisi esa dastlabki baholash natijalariga ko‘ra o‘quvchilarni guruhlarga ajratib, har bir guruh uchun murakkabligi turlicha bo‘lgan topshiriqlar tayyorladi.
Ushbu vaziyatda ikkinchi pedagog shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining qaysi turini qo‘llagan?
  • A) Dasturiy ta’lim texnologiyasi
  • B) Individual ta’lim texnologiyasi
  • C) Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi
  • D) Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi
Izoh: O‘quvchilar dastlabki baholash natijalariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi va ularning tayyorgarlik darajasiga mos, murakkabligi turlicha bo‘lgan topshiriqlar beriladi.
40-savol
O‘qituvchining ta’lim maqsadiga muvofiq o‘quv jarayonining bosqichlarini oldindan belgilashi, metod va vositalarni tanlashi hamda kutilayotgan natijaga erishish tartibini ishlab chiqishi qaysi faoliyatni ifodalaydi?
  • A) Ta’lim jarayonini nazorat qilish
  • B) Ta’lim natijalarini tahlil qilish
  • C) Ta’lim texnologiyasini loyihalash
  • D) Ta’lim mazmunini o‘zlashtirish
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C) Ta’lim texnologiyasini loyihalash
Izoh: Ta’lim maqsadlarini belgilash, bosqichlarni rejalashtirish, metod va vositalarni tanlash hamda kutilayotgan natijaga erishish yo‘llarini oldindan ishlab chiqishdir.
41-savol
Qaysi pedagogik paradigma o‘quvchiga tayyor bilimlarni yetkazish va ularni avloddan- avlodga uzatishni asosiy vazifa deb biladi?
  • A) Gumanistik paradigma
  • B) Ratsionalistik paradigma
  • C) Texnokratik paradigma
  • D) Konservativ paradigma
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D) Konservativ paradigma
Izoh: Jamiyatda shakllangan an’analar, qadriyatlar va to‘plangan bilimlarni saqlash hamda ularni keyingi avlodlarga yetkazishni muhim vazifa deb biladi.
42-savol
O‘qituvchi ikki guruh tuzdi. Birinchi guruh paronim juftliklarga misollar keltirdi, ikkinchisi ular ishtirokida gaplar tuzdi. Keyin topshiriqlar guruhlararo almashtirildi. O‘qituvchining qaysi metodik malakasi namoyon bo‘lmoqda?
  • A) O‘zlashtirilgan bilimni umumlashtirish va o‘z-o‘zini baholashni rivojlantirish.
  • B) Nazariy bilimlarni interfaol metodda tahlil qilishni rivojlantirish.
  • C) Kognitiv moslashuvchanlikni rivojlantirish, nazariy bilimni amaliy ko‘nikmaga aylantirish.
  • D) Jamoaviy ishda liderlikni namoyon etishga sharoit yaratish.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: C
Izoh: O‘qituvchi o‘quvchilarga paronimlarni shunchaki yodlatmayapti. Birinchi guruh paronimlarga misollar keltiradi, ikkinchi guruh esa ularni gaplarda qo‘llaydi. Topshiriqlarning almashtirilishi esa o‘quvchilardan boshqa turdagi vazifaga moslashishni talab qiladi. A) Noto‘g‘ri. Asosiy e’tibor umumlashtirish va o‘z-o‘zini baholashga qaratilmagan. B) Qisman mos. Interfaol tahlil mavjud, ammo asosiy maqsad nazariy bilimni amaliyotda qo‘llashdir. C) To‘g‘ri. O‘quvchilar bilimni turli vaziyatlarda qo‘llaydi va topshiriq almashganda fikrlash usulini o‘zgartiradi. D) Noto‘g‘ri. Vaziyatda liderlikni aniqla…
43-savol
O‘quvchilar maktabdagi bahsli vaziyatga bir necha yechim taklif etdilar. O‘qituvchi har bir taklifni amaldagi qonunchilik talablari bilan solishtirishni va qarorlarni qonuniy mezonlar asosida baholashni so‘radi. Tarbiyaning qaysi yo‘nalishi ustuvor?
  • A) Mehnat tarbiyasi.
  • B) Aqliy tarbiya.
  • C) Axloqiy tarbiya.
  • D) Huquqiy tarbiya.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D
Izoh: Vaziyatda o‘quvchilar taklif etgan yechimlar amaldagi qonunchilik bilan solishtirilmoqda. Qarorlarning qonuniy yoki noqonuniy ekanini aniqlash, qonunlarga hurmat va huquqiy ongni shakllantirish — huquqiy tarbiyaning asosiy vazifasidir.
44-savol
O‘qituvchi harakatlarini pedagogik mahorat elementlari bilan moslashtiring. (Bitta tushuncha ortiqcha.)
1. Fikrini aniq, ravon bayon etib, so‘z tanlash va talaffuz me’yorlariga rioya qildi.
2. Tartibsizlikda yuz ifodasi, nigohi va gavdasini boshqarib, sinf e’tiborini tikladi.
3. Qoidabuzarlikni xolis baholab, bolaning sha’nini hurmat qildi va barchaga teng talab qo‘ydi.
a) Pedagogik etika
b) Nutq madaniyati
c) Pedagogik texnika
d) Akademik qobiliyat
  • A) 1-b, 2-c, 3-a
  • B) 1-c, 2-a, 3-d
  • C) 1-b, 2-d, 3-c
  • D) 1-a, 2-c, 3-b
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A
Izoh: 1. 1-b — Nutq madaniyati. Fikrni aniq, ravon ifodalash, so‘zlarni to‘g‘ri tanlash va talaffuz me’yorlariga rioya qilish nutq madaniyatiga kiradi. 2. 2-c — Pedagogik texnika. O‘qituvchining mimika, nigoh, pantomimika va gavda harakatlarini boshqarishi pedagogik texnikadir. 3. 3-a — Pedagogik etika. O‘quvchining sha’nini hurmat qilish, adolatli va xolis munosabatda bo‘lish pedagogik etikaga xos. Ortiqcha tushuncha: d) Akademik qobiliyat. Bu o‘qituvchining o‘z fanini chuqur bilishi, ilmiy bilimlarni egallashi va tushuntira olishiga bog‘liq.
45-savol
Uch o‘qituvchining faoliyatini pedagogik mahorat tushunchalari bilan moslashtiring. (Bitta tushuncha ortiqcha.)
1. Ilmiy manbalarni o‘rganib, tushunchalar bog‘liqligini aniqladi va xatosiz tushuntirish tayyorladi.
2. Kutilgan natijani bermagan mashq o‘rniga yangi topshiriqlar tizimini ishlab chiqib, sinab ko‘rdi.
3. Xatolar sababini tahlil qilayotib, o‘z tushuntirish usulining ta’sirini ham tekshirdi.
a) Pedagogik nazokat
b) Kasbiy bilimdonlik
c) Pedagogik ijodkorlik
d) Pedagogik refleksiya
  • A) 1-b, 2-c, 3-d
  • B) 1-b, 2-a, 3-c
  • C) 1-a, 2-c, 3-b
  • D) 1-c, 2-b, 3-a
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A
Izoh: 1. 1-b — Kasbiy bilimdonlik. O‘qituvchining ilmiy manbalarni o‘rganishi, fanini chuqur bilishi va bilimlarni to‘g‘ri tushuntirishi kasbiy bilimdonlik hisoblanadi. 2. 2-c — Pedagogik ijodkorlik. Samara bermagan mashq o‘rniga yangi topshiriqlar ishlab chiqish va ularni sinab ko‘rish ijodkorlik namunasidir. 3. 3-d — Pedagogik refleksiya. O‘qituvchining o‘z faoliyatini tahlil qilishi, tushuntirish usulining natijaga ta’sirini baholashi pedagogik refleksiyadir. Ortiqcha tushuncha: a) Pedagogik nazokat. O‘quvchilar bilan muomala qilishda odob, muloyimlik, vaziyatni his qilish va me’yorni saqlashni a…
46-savol
O‘qituvchi nazorat ishi uchun turli murakkablikdagi topshiriqlar tayyorladi. Har bir topshiriqni bajarishda talab qilinadigan bilim va ko‘nikmalarni aniqlab, ochiq javoblar doirasida talablar darajasini belgiladi. Shu asosda topshiriqlarga beriladigan ballarni belgiladi. Mazkur vaziyatda o‘qituvchi baholash formatining qaysi elementini belgilamoqda?
  • A) Baholash formatida nazorat bosqichlarini belgilash.
  • B) Baholash formatida o‘quv natijalarini belgilash.
  • C) Baholash formatida testlar turini belgilash.
  • D) Baholash formatida baholash mezonini belgilash.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: D
Izoh: O‘qituvchi topshiriqlarni bajarish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni aniqlab, javoblarni qanday talablar asosida baholashni hamda har bir topshiriqqa necha ball berilishini belgilamoqda. Bu — baholash mezonlarini ishlab chiqish hisoblanadi.
47-savol
O‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha og‘zaki taqdimot tayyorlatdi. Nutqning ravonligi, dalillanganligi, mantiqiyligi va ifodaliligini alohida mezon qilib, har biri uchun yuqori, o‘rta va quyi darajalarni belgiladi. U qaysi baholash texnologiyasidan foydalangan?
  • A) Baholash rubrikalari.
  • B) Nazorat varaqasi.
  • C) Strategik savollar berish.
  • D) Javob kartalari usuli.
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: A
Izoh: Baholash rubrikasi — o‘quvchi ishini oldindan belgilangan mezonlar va darajalar asosida baholash vositasi. Vaziyatda o‘qituvchi taqdimotni bir nechta mezon bo‘yicha baholagan va har bir mezon uchun yuqori, o‘rta, quyi darajalarni belgilagan. Bu aynan baholash rubrikasi hisoblanadi.
48-savol
Pedagog mavzuni jadval va rasmlar yordamida tushuntirdi. Mavhum tushunchalarni obrazlar orqali ko‘rsatib, o‘quvchilarni savol-javob va muhokamalarda qatnashish, fikr bildirish hamda xulosa chiqarishga jalb etdi. Ushbu faoliyatda qaysi didaktik tamoyillar namoyon bo‘ladi?
1. Ko‘rgazmalilik
2. Nazariya va amaliyot birligi
3. Onglilik va faollik
4. Tizimlilik va muntazamlik
5. Mustahkamlik
  • A) 1, 5
  • B) 1, 3
  • C) 3, 5
  • D) 2, 4
✅ Javobni ko‘rish
To‘g‘ri javob: B
Izoh: Vaziyatda ikkita didaktik tamoyil namoyon bo‘lmoqda: 1. Ko‘rgazmalilik — mavzuni jadval, rasm va obrazlar yordamida tushuntirish. Mavhum tushunchalarni ko‘rgazmali vositalar orqali anglashni osonlashtiradi. 3. Onglilik va faollik — o‘quvchilarni savol-javob, muhokama, mustaqil fikr bildirish va xulosa chiqarishga jalb etish.

O‘xshash maqolalar