Ikki-uch smenali maktabda tayyorlov guruhiga joy topiladimi?

Huquqiy axborot / 28 noyabr, 13:19 · 13

Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari bo‘yicha ota-onalar ko‘p so‘rayotgan savollardan biri shu: maktab ikki yoki uch smenada ishlasa, unda tayyorlov guruhiga…

Ikki-uch smenali maktabda tayyorlov guruhiga joy topiladimi?

Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari bo‘yicha ota-onalar ko‘p so‘rayotgan savollardan biri shu: maktab ikki yoki uch smenada ishlasa, unda tayyorlov guruhiga joy topiladimi?

Hozir qancha maktabda tayyorlov guruhlari bor?

Hozirda 4 000 dan ortiq maktabda bo‘sh turgan xonalarda tayyorlov guruhlari tashkil etilgan. Yaqin orada yana 191 ta maktabda 246 ta guruh ochiladi.

O‘quvchi bilan to‘lgan maktablarda guruh ochiladimi?

Yo‘q. Koeffitsiyenti yuqori maktablarda, ya’ni o‘quvchi soni sig‘imidan ko‘p bo‘lgan maktablarda tayyorlov guruhlari tashkil etilmaydi. Guruhlar faqat bo‘sh o‘rni bor va tayyorlov sinfini ochish imkoniyatiga ega maktablarda ochiladi. Shu sababli tayyorlov guruhlari maktab o‘quvchilarining darslariga va smenalar tartibiga xalal bermaydi.

Maktabga tayyorlov va maktabgacha ta’limga oid yangiliklarni muallimlar.uz saytida kuzatib boring.

🇷🇺 Rus tilida o‘qish — Читать на русском

O‘xshash maqolalar