Tayyorlov guruhi boshqa binoda ochilsa, bolalar xavfsizligi qanday ta’minlanadi?

Huquqiy axborot / 28 noyabr, 13:19 · 10

Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari bo‘yicha ota-onalarni ko‘proq bir savol qiziqtirmoqda: guruh maktabda emas, boshqa binoda ochilsa, bolalarning…

Tayyorlov guruhi boshqa binoda ochilsa, bolalar xavfsizligi qanday ta’minlanadi?

Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari bo‘yicha ota-onalarni ko‘proq bir savol qiziqtirmoqda: guruh maktabda emas, boshqa binoda ochilsa, bolalarning xavfsizligi qanday ta’minlanadi?

Guruhlar qanday binolarda ochiladi?

Tayyorlov guruhlari duch kelgan joyda ochilmaydi. Ular faqat sharoiti bor ijtimoiy soha obyektlarida, qat’iy talablar asosida ochiladi. Bunday obyektlarga «Kelajak» markazlari, texnikumlar va madaniyat obyektlari misol bo‘ladi. Bu obyektlar ham to‘liq nazoratda bo‘ladi.

Bino qanday tekshiriladi?

Bolalar kirishidan oldin binoni sanitariya xizmati, yong‘in xavfsizligi xizmati va ta’lim boshqarmasi vakillari birgalikda borib ko‘radi. Ular quyidagilarni tekshiradi:

  • xonalar issiqmi;
  • yorug‘lik yetarlimi;
  • hojatxona va suv bolalarga moslashtirilganmi;
  • tomdan chakka o‘tmaydimi.

Talabga javob bermasa nima bo‘ladi?

Bino talablarga javob bersagina reyestrga kiritiladi, jihozlanadi va guruh ochiladi. Javob bermasa, avval ta’mirlanadi, shundan keyingina ruxsat beriladi.

Maktabga tayyorlov va maktabgacha ta’limga oid yangiliklarni muallimlar.uz saytida kuzatib boring.

🇷🇺 Rus tilida o‘qish — Читать на русском

O‘xshash maqolalar