O‘quvchi daftar tutmasa, kim javobgar: o‘qituvchimi yoki ota-ona?

Xalq ta'limi / 18 noyabr, 01:32 · 324

Informatika fani o‘qituvchisi tahririyatga savol bilan murojaat qildi: “O‘quvchilar darsda umuman daftar tutmaydi, ‘daftarim uyda qolibdi’ kabi bahonalar…

O‘quvchi daftar tutmasa, kim javobgar: o‘qituvchimi yoki ota-ona?
Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈 Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈

Informatika fani o‘qituvchisi tahririyatga savol bilan murojaat qildi: “O‘quvchilar darsda umuman daftar tutmaydi, ‘daftarim uyda qolibdi’ kabi bahonalar topishadi. Bunday holatda o‘qituvchi aybdor hisoblanadimi? Unga qonunan jazo bormi va nima qilish kerak?”

Qisqa javob: yurist fikricha, o‘quvchi daftar tutmagani uchun o‘qituvchi javobgar emas. Bolaning o‘qishga munosabati uchun birinchi navbatda ota-ona (qonuniy vakil) javob beradi.

Ota-onaning qonundagi majburiyatlari

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 51-moddasida voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari zimmasidagi majburiyatlar belgilangan. Jumladan, ular:

  • bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
  • bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun sharoit yaratishi;
  • ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Ana shu majburiyatlar qonuniy vakillar o‘quvchining huquqqa xilof xatti-harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini anglatadi.

O‘qituvchining lavozim majburiyatlarida bunday talab yo‘q

Xalq ta’limi vazirligining (hozirgi Ta’lim va ilm-fan vazirligi) 2021-yil 1-iyuldagi 206-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘qituvchilarning lavozim majburiyatlarida o‘quvchilarga daftar tuttirish majburiyati alohida qayd etilmagan. Shu sababli o‘quvchi daftar tutmagani uchun o‘qituvchini jazolashga asos yo‘q.

Ota-onaga qanday jarima qo‘llanishi mumkin?

Yurist fikricha, bunday holatda ota-onaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (voyaga yetmaganlarni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) qo‘llanishi mumkin. 2026-yil 15-oktabrdan kuchga kirgan o‘zgarishlarga ko‘ra:

  • birinchi marta — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima;
  • jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa — 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima.

O‘qituvchi nima qilishi mumkin?

Avvalo muammoni sinf rahbari orqali ota-onaga yetkazish, ular bilan suhbat o‘tkazish va holatni hujjatlashtirib borish maqsadga muvofiq. Takrorlanaversa, masala maktab rahbariyatiga ma’lum qilinadi va belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

Manba: @Yurist_Xizmati

O‘xshash maqolalar