Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihoni qog‘oz shaklida o‘tkaziladi

Xalq ta'limi / 12 noyabr, 18:07 · 24

2026-yil 20-noyabrga belgilangan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi milliy sertifikat sinovi qog‘oz shaklida tashkil etiladi.Dastlab imtihonni kompyuterda…

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihoni qog‘oz shaklida o‘tkaziladi
Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈 Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈

2026-yil 20-noyabrga belgilangan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi milliy sertifikat sinovi qog‘oz shaklida tashkil etiladi.

Dastlab imtihonni kompyuterda o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi. Talabgorlar sonining oshgani va ularning istaklari inobatga olinib, ushbu sinov formati o‘zgartirildi.

Imtihon nimalarni qamrab oladi?

Talabgorlarga jami 90 ta topshiriqni bajarish uchun 3 soat ajratiladi. Sinov ona tili va o‘qish savodxonligi, matematika hamda pedagogik mahorat yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Keyingi imtihonlarning shakli ishtirokchilar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Kelgusida sinovlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va ustama

Ushbu imtihon uchun arizalar 23-oktabrdan 5-noyabrgacha qabul qilindi. To‘lovni amalga oshirishning oxirgi kuni 6-noyabr etib belgilangan edi.

B+ yoki undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega, boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha boshlang‘ich sinflarda dars berayotgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 15 foiz ustama nazarda tutilgan. Sertifikatning amal qilish muddati — 3 yil.

Manbalar: Ta’lim xabarlari, Bilim va malakalarni baholash agentligi.

O‘xshash maqolalar