Bilimni baholash agentligi milliy test tizimiga kiruvchi huquqshunoslik fani bo‘yicha test variantining spetsifikatsiyasini e’lon qildi.
Bilimni baholash agentligi milliy test tizimiga kiruvchi huquqshunoslik fani bo‘yicha test variantining spetsifikatsiyasini e’lon qildi. Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihoni uchun namunaviy test topshiriqlari ham taqdim etildi. Hujjatlarda savollar tuzishda foydalaniladigan qonunchilik manbalari va fan mavzulari ko‘rsatilgan.
Test topshiriqlari nimaga asoslanadi?
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, huquqshunoslik fanidan sertifikat test topshiriqlari quyidagilar asosida tuziladi:
- umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
- qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar.
Spetsifikatsiyada fan mavzulariga bog‘langan qonunchilik hujjatlari ro‘yxati keltirilgan. Test topshiriqlari faqat huquqshunoslik fanlari o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular doirasida tuziladi.
Savollar sinovdan o‘tkazilgan
Spetsifikatsiya asosida tayyorlangan test topshiriqlari barcha hududlarda ikki marta aprobatsiyadan o‘tkazilgan. Natijalar asosida namunaviy test topshiriqlari tayyorlandi.