Kuzda attestatsiya imtihoni bo'ladimi?

2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

Yangi nizomga ko'ra, malaka toifasini olish bo'yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o'tkazish belgilab qo'yildi.

Ya'ni, oldingi nizomda bahor va kuzda ikki marta o'tkazish belgilangan edi. Yangi nizomda esa eng kamida bir marta o'tkaziladi deb o'zgartirildi. Bu degani vazirlik istasa bir marta, istasa ikki marta attestatsiya o'tkazishi mumkin. Buni o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilaydi.
Shu sabab kuzda attestatsiya bo'ladi deb aniq aytib bo'lmaydi. Qonunchilikka ko'ra, vazirlikning tashkil qilish yoki qilmaslik huquqi bor.