Maktab direktori o‘qituvchilarga yagona forma kiyish shart deb majburlashi bu qonunchilikda to‘g‘rimi? Bu yerda o‘qituvchilarni yoshi oilaviy sharoiti inobatga olishi kerak emasmi?
YURIST JAVOBI:
Yo‘q, direktor o‘qituvchilardan bir xil forma kiyishni talab qilishga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga ilovada tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” 14-bandida maktab o‘qituvchilarning kiyinishiga oid qoidalar belgilangan.
Bunda muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
- Mazkur qoidalarda bir-xillik haqida mazmun yo‘q.
Shunday ekan direktorning bu haqidagi talabini noto‘g‘ri deb hisoblash mumkin.