Ustama olish uchun ayrim darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkin.

Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkin

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangan.

Yangi Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi jonli muloqotda maʼlum qildi.

Ayni vaqtda amaldagi hujjatlariga oʻzgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.