11-sinflarda yakuniy imtihonni o'tkazish tartibi


1. Ona tili va adabiyot fanidan imtihon oʻtkazish tartibi.

11-sinfni tugatgan oʻquvchilar ona tili va adabiyot fanidan taʼlim dasturi boʻyicha maʼlum darajadagi kompetensiyalarga ega boʻladilar.
Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.
Har bir insho mavzulari ona tili va adabiyot fani boʻyicha umumtaʼlim maktablarning 5-11-sinflari mavzularini qamrab olgan.
Oʻquvchilarga bitta biletda 3 ta mavzu taqdim etiladi va oʻquvchilardan bittasi chiqib shu mavzulardan birini tanlab oladi va barcha oʻquvchi ushbu mavzu boʻyicha insho yozadi. Insho yozish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi va maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan 12 varaqlik daftarga yoziladi.
 

2. Matematika fanidan imtihon oʻtkazish tartibi.

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2023-2024-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari matematika fani boʻyicha 10-11-sinflari mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.
Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan (6 ta algebra, 4 ta geometriya) savol beriladi. Savollarning 3 tasi (2 ta algebra, 1 ta geometriya) bilishga, 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) qoʻllashga, 2 tasi (1 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid boʻladi. Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar.Bilet savollariga javob berishi uchun umumiy 180 daqiqa vaqt beriladi.
 

3. Davlat tili (taʼlim tili taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) dan imtihon oʻtkazish tartibi.

11-sinflar uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi materiallari tayyorlanish jarayonida oʻzbek tili fanidan 10-11-sinflarda oʻtilgan mavzular asos qilib olingan. Har bir variant 3 ta savoldan iborat. Savollarning 1tasi oʻqish savodxonligi, 1 tasi mulohaza qilish, 1tasi qoʻllashga oid. Yozma savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar. Imtihonda berilgan topshiriqlar boʻyicha 120 daqiqa vaqt beriladi.
 

4. Chet tili fanidan imtihon oʻtkazilish tartibi.

Umumtaʼlim maktablarning 11-sinflari uchun chet tili fanidan yakuniy nazorat imtihoni tinglab tushunish, oʻqib tushunish, yozish, nutq koʻnikmasini aniqlash yuzasidan oʻtkaziladi.
Imtihon gibrid shaklda tashkil etiladi. Birinchi qism uchun umumiy 105 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda oʻquvchilarga imtihonni yozma qismi uchun oldindan tanlagan 2 ta variant taklif etiladi. Ogʻzaki imtihon qismida 10 variant orasidan oʻquvchi bitta topshiriq tanlab oʻz variantida tushgan savol yuzasidan 10 daqiqa tayyorlanadi va 3 daqiqa gapiradi.


5. Oʻzbekiston tarixi fanidan yozma va ogʻzaki imtihonlarni oʻtkazilish tartibi.

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma va ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha umumtaʼlim maktablarning 10-11-sinflari mavzularini qamrab olingan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan. Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 5 tadan savol beriladi. Savollarning 2 tasi bilishga, 2 tasi qoʻllashga doir. Ogʻzaki imtihon qismida 10 variant orasidan oʻquvchi bitta mulohazaga oid topshiriq tanlab oʻz variantida tushgan savol yuzasidan 10 daqiqa tayyorlanadi va 3 daqiqa gapiradi. Yozma savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab
(maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar. Imtihonda berilgan topshiriqlar boʻyicha 120 daqiqa vaqt beriladi.


6. Tanlov fanlari boʻyicha imtihonlarni oʻtkazish tartibi.

Bir sinfda oʻquvchilarning ixtiyoridan kelib chiqib bir nechta fan tanlanishi mumkin ammo har bir oʻquvchi faqat bittagina fandan imtihonda ishtirok etadi.
Tanlov fanlaridan imtihonlar joriy yilning 4-iyun sanasida oʻtkaziladi:
 

Fizika:

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari fizika fani boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktablarning 10-11-sinflari mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.
Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan savol beriladi. Savollarning 3 tasi bilishga, 6 tasi qoʻllashga, 1 tasi mulohazaga oid boʻladi. Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.
 

Kimyo:

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2023-2024-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi. Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari kimyo fani boʻyicha 10-11-sinflar mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.
Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan savol beriladi. Savollarning 3 tasi bilishga, 6 tasi qoʻllashga, 1 tasi mulohazaga oid boʻladi. Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.
 

Davlat huquq asoslari:

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024- oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihoni yozma shaklda oʻtkaziladi.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari davlat va huquq asoslari fani boʻyicha umumiy oʻrta taʼlimning 10-11-sinflar mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan. Topshiriqlar kundalik hayotda huquqiy voqea va hodisalarni idrok qilish orqali vujudga keladigan vaziyatlarni huquqiy jihatdan toʻgʻri baholay olish va maʼqul qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholaydi.
Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan savol beriladi. Savollarning 3 tasi bilishga, 6 tasi qoʻllashga, 1 tasi mulohazaga oid boʻladi. Savollarga javoblarni yozish uchun
maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun 120 daqiqa vaqt beriladi.
 

Geografiya:

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun
2023-2024-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.
Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari geografiya fani boʻyicha
5-10-sinflari mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.
Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan (5-10 sinflardan ) savol beriladi. Savollarning 3 tasi bilishga, 6 tasi qoʻllashga, 1 tasi mulohazaga oid boʻladi. Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun umumiy120 daqiqa vaqt beriladi.