
Mehnat ta'tili pulini hisoblash uchun 1 kunlik ish haqini o'rtachasini aniqlab olishimiz kerak.
Buning uchun oyligingiz nachisleniyasini oxirgi 9 oyda olganlaringizni umumlashtiramiz va 9 ga bo'lib o'rtachasini chiqarib olamiz. (Biz 9 oylikni olyapmiz, agar 10 oy ishlagan bo'lsangiz, 10 oylikni hisoblaysiz)
Masalan siz yil davomida quyidagicha oylik olgansiz:
09 2024 = 3 600 000 so'm
10 2024 = 3 600 000 so'm
11 2024 = 3 900 000 so'm
12 2024 = 3 900 000 so'm
01 2025 = 4 200 000 so'm
02 2025 = 4 200 000 so'm
03 2025 = 4 200 000 so'm
04 2025 = 4 200 000 so'm
05 2025 = 4 200 000 so'm
Jami: 36 000 000 so'm. Demak 9 oy davomida olgan umumiy oyligingiz 36 million so'm. Endi 36 mln so'mni 9 ga bo'lamiz:
36 000 000 so'm : 9 oy =4 000 000 so'm. Demak sizning bir oylik o'rtacha oyligingiz 4 million so'm.
Endi dam olish kunlarini chiqarib tashlagan holda o'rtacha bir kunlik ish haqingizni aniqlab olamiz. Bir oyda o'rtacha 25.4 kun ish kuni hisoblansa 4 million so'mni 25.4 ga bo'lamiz.
4 000 000 so'm : 25.4 = 157 480,31 so'm
157 480,31 so'm bu sizing bir kunlik o'rtacha ish haqingiz. Endi ta'til pulini hisoblash uchun 1 kunlik ish haqingizni ta'til kuningizga (24, 36 yoki 48 kunga) ko'paytiramiz.
Eslatma: 56 kunlik ta'tilga chiqidhingizga qaramay 48 kunlik ta'til puli hisoblanadi.
157 480,31 * 48 kun = 7.559.055
Endi chiqqan summadan 12 foiz daromad solig'i va agar kasaba uyushmasiga a'zoligingiz bo'lsa 1 foiz a'zolik badalini chiqarib tashlaymiz.
7 559 055 so'mning 13%i = 982.677 so'm - bu ushlab qolinadigan soliq va kasaba uyushmasi uchun.
Demak:
7 559 055 - 982 677 = 6 576 378 so‘m. Sizning qo'lingizga tegadigan ta'til pulingiz 6 576 378 so'm
Ma'lumot uchun joylandi. Haqiqiy hisob-kitobdan biroz farq qilishi mumkin.