Maqsadga erishishning 7 bosqichi:
1. Qog‘ozlarda o‘ylang.
Qog‘ozga tushirilmagan maqsad - bu xaritasiz safarga chiqish demak.
2. O‘zingizga aniq savollar bering. Nima? Qachon? Qanday?
3. Maqsadga erishish uchun muddat belgilang.
Agar unday qilmasangiz siz shunchaki maqsadga erishaman deb orzu qilayotgan bo‘lasiz.
4. Erishgan maqsadingiz sizdan boshqa yana kimlarga foyda keltirishi haqida o‘ylang.
5. Maqsadingizni kunlik, haftalik (va h.k.) qismlarga bo‘lib chiqing.
6. Bu yo‘lda barcha ma’suliyatni o‘z zimmangizga oling.
Bu maqsad sizniki, unga faqatgina siz erishishingiz kerak.
7. Maqsadingiz haqida ko‘p o‘ylang.
Kelajakda unga erishganingizda qanday bo‘lishini faraz qiling.