Farzandim maktabga tayyorlovga qayerga boradi va unga kim dars o‘tadi?

Huquqiy axborot / 28 noyabr, 13:19 · 13

Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari bo‘yicha ota-onalar ko‘p beradigan savollardan biri shu: farzandim tayyorlovga qayerga boradi va unga kim dars…

Farzandim maktabga tayyorlovga qayerga boradi va unga kim dars o‘tadi?

Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari bo‘yicha ota-onalar ko‘p beradigan savollardan biri shu: farzandim tayyorlovga qayerga boradi va unga kim dars o‘tadi?

Tayyorlov guruhlari qayerda ochiladi?

Maktabga tayyorlov bog‘chalarda va maktablardagi bo‘sh sinfxonalarda tashkil etiladi. Bog‘cha va maktab bo‘lmagan olis hududlarda esa guruh «Kelajak» markazi, texnikum yoki boshqa ijtimoiy soha obyektida ham ochilishi mumkin.

Hozirgi qamrov qanday?

Hozirda 6 yoshli bolalarning 98 foizi, ya’ni 726 921 nafari maktabga tayyorlov bilan qamrab olingan. Ular quyidagicha taqsimlangan:

  • bog‘chalarda — 489 172 nafar (66,2 foiz);
  • maktablardagi bo‘sh sinfxonalarda — 215 003 nafar (29,1 foiz);
  • qisqa muddatli guruhlarda — 19 910 nafar (2,7 foiz);
  • mobil guruhlarda — 2 836 nafar (0,4 foiz).

Mashg‘ulotlarni kim olib boradi?

Tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlarni oliy ma’lumotli pedagog-tarbiyachi olib boradi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasining maktabgacha ta’lim yo‘nalishida bitiruvchi kursda o‘qiyotgan talaba ham mashg‘ulot o‘tishi mumkin.

Maktabga tayyorlov va maktabgacha ta’limga oid yangiliklarni muallimlar.uz saytida kuzatib boring.

🇷🇺 Rus tilida o‘qish — Читать на русском

O‘xshash maqolalar