Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari bo‘yicha ota-onalar ko‘p so‘rayotgan savollardan biri shu: bola bog‘chaga qatnasa, tayyorlov mashg‘ulotlarini qayerda…
Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari bo‘yicha ota-onalar ko‘p so‘rayotgan savollardan biri shu: bola bog‘chaga qatnasa, tayyorlov mashg‘ulotlarini qayerda o‘taydi va unga kim dars beradi?
Bog‘chaga qatnaydigan bola qayerda tayyorlanadi?
Bog‘chaga qatnayotgan bola maktabga tayyorlov mashg‘ulotlarini o‘sha bog‘chaning o‘zida o‘taydi. Uni boshqa joyga olib borish shart emas.
Mashg‘ulotlarni kim olib boradi?
Bog‘chadagi mashg‘ulotlarni shu bog‘chaning tarbiyachisi olib boradi.
Maktabdagi tayyorlov guruhida-chi?
Maktab binosida ochilgan har bir tayyorlov guruhi uchun shu guruh bilan ishlaydigan alohida pedagog ishga olinadi.
Maktabga tayyorlov va maktabgacha ta’limga oid yangiliklarni muallimlar.uz saytida kuzatib boring.