Tayyorlov guruhlariga pedagog alohida olinadimi? Bir yillik maktabga tayyorlov bo‘yicha izohlar

Huquqiy axborot / 28 noyabr, 13:19 · 12

Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan ota-onalar va pedagoglardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Tayyorlov guruhlariga pedagog alohida olinadimi? Bir yillik maktabga tayyorlov bo‘yicha izohlar

Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan ota-onalar va pedagoglardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Ulardan eng ko‘p beriladiganlari — maktab o‘qituvchilari tayyorlov guruhlariga jalb qilinadimi va guruhlar pedagoglar bilan qanday ta’minlanadi, degan savollardir.

Maktab o‘qituvchilari darsini qoldirib, tayyorlov guruhiga yuboriladimi?

Yo‘q. Maktabda ishlab turgan o‘qituvchilar o‘z darslarini qoldirib, tayyorlov guruhlariga yuborilmaydi. Ularning asosiy dars yuklamasi o‘zgarishsiz qoladi.

Hozirgi qamrov qanday?

Hozirda maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning 98 foizi tayyorlov kurslari bilan qamrab olingan. Faoliyat yuritayotgan guruhlar pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Qamrov 100 foizga qachon yetkaziladi?

Qamrovni 100 foizga yetkazish uchun taxminan 800 ta yangi guruh ochish va 20 mingga yaqin qo‘shimcha o‘rin yaratish kerak bo‘ladi. Bu xarajatlar 2027-yilgi davlat budjetida nazarda tutiladi.

Maktabga tayyorlov va maktabgacha ta’limga oid yangiliklarni muallimlar.uz saytida kuzatib boring.

🇷🇺 Rus tilida o‘qish — Читать на русском

O‘xshash maqolalar