Maktab direktorlari uchun maxsus tanlov: eng kuchlilari xorijda malaka oshiradi

Xalq ta'limi / 24 noyabr, 04:57 · 24

Maktab direktorlari uchun boshqaruv mahoratini sinash va xorijda tajriba orttirish imkonini beradigan maxsus tanlov boshlandi.

Maktab direktorlari uchun maxsus tanlov: eng kuchlilari xorijda malaka oshiradi

Maktab direktorlari uchun boshqaruv mahoratini sinash va xorijda tajriba orttirish imkonini beradigan maxsus tanlov boshlandi.

Tanlovni kim tashkil qilmoqda?

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi YuNESKO bilan hamkorlikda maktab rahbarlarining boshqaruv ko‘nikmalarini baholash uchun tanlov o‘tkazmoqda. Tashabbus «SmartED» loyihasi doirasida bo‘lib, Islom taraqqiyot banki, Islom birdamlik fondi va Ta’lim uchun global hamkorlik tomonidan moliyalashtiriladi.

Nimani o‘qish kerak?

«Raqamli ta’lim» portalida «Maktab direktorining ish kitobi» turkumidagi 10 ta ilmiy-metodik qo‘llanma joylangan. Ularda nazariya bilan birga real boshqaruv vaziyatlari va ularning yechimlari berilgan. Mavzular:

  • o‘quv dasturi mazmuni va ma’naviy tarbiya;
  • salomatlik va xavfsizlik, kasbga yo‘naltirish strategiyasi;
  • innovatsion maktab, o‘qituvchilar va pedagogik jamoa;
  • psixologik muhit, raqamli ta’lim muhiti;
  • samarali maktab va ta’limdagi keyslar.

Qanday qatnashiladi?

Portalda «direktor» roli bilan ro‘yxatdan o‘tiladi, 10 ta qo‘llanma o‘rganiladi va ular bo‘yicha testlar topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish sahifasi: raqamlitalim.trm.uz/register.

Mukofot nima?

10 ta kitob bo‘yicha yakuniy testdan o‘tgan direktorlarga sertifikat beriladi. Eng yuqori ball to‘plab, boshqaruvda yetakchi deb topilgan rahbarlar xorijiy davlatlarda tajriba almashish va malaka oshirish uchun tanlanadi.

O‘xshash maqolalar