Til o‘rganayotgan yoshlarning kurs xarajatini davlat qoplaydi — bu imkoniyatdan qanday foydalanish mumkin?

Xalq ta'limi / 24 noyabr, 04:57 · 91

Chet tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yaxshi imkoniyat bor: o‘quv kursi xarajatining katta qismini davlat o‘z zimmasiga oladi.

Til o‘rganayotgan yoshlarning kurs xarajatini davlat qoplaydi — bu imkoniyatdan qanday foydalanish mumkin?

Chet tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yaxshi imkoniyat bor: o‘quv kursi xarajatining katta qismini davlat o‘z zimmasiga oladi. Bu tizim «2+6» deb ataladi va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktyabrdagi 632-son qarori asosida ishlaydi.

Kimlar foydalana oladi?

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys yoki xitoy tilini o‘rganayotgan yoshlar. Asosiy shart: tanlangan til bo‘yicha kamida boshlang‘ich darajadagi sertifikat bo‘lishi kerak.

«2+6» nimani anglatadi?

  • Dastlabki 2 oy o‘qish pulini yoshning o‘zi to‘laydi.
  • Keyingi 6 oy davomida Yoshlar ishlari agentligi subsidiya to‘laydi. Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv markaziga, darsga qatnashishga mutanosib ravishda o‘tkaziladi.

Oyiga qancha subsidiya beriladi?

Miqdor bazaviy hisoblash miqdori (BHM) asosida belgilanadi:

  • Toshkent shahrida: BHMning 2 baravarigacha;
  • Qoraqalpog‘iston va viloyat markazlarida: 1,5 baravarigacha;
  • tuman va shaharlarda: 1 baravarigacha.

Subsidiya faqat belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va elektron davomat tizimiga ulangan o‘quv markazlariga to‘lanadi.

Qanday ariza beriladi?

«Yonda» ilovasiga OneID orqali kiriladi va til sertifikati yuklanadi. Sertifikat tasdiqlangach, o‘quv markazi va o‘qituvchi tanlanib, elektron shartnoma tuziladi. Markaz shartnomani tasdiqlaganidan so‘ng dastlabki ikki oy uchun to‘lov amalga oshiriladi.

Maslahat: agar farzandingiz yoki o‘quvchingiz til o‘rganmoqchi bo‘lsa, avval boshlang‘ich sertifikatni olib qo‘ying: usiz dasturga kirish imkoni yo‘q.

O‘xshash maqolalar