Yangi alifboga o‘tish rejasi: darsliklar bosqichma-bosqich yangilanadi, imlo baholashda yengillik beriladi

Xalq ta'limi / 22 noyabr, 03:51 · 17

Takomillashtirilgan o‘zbek lotin alifbosi to‘g‘risidagi qonun 21-oktabr kuni imzolangan edi.

Yangi alifboga o‘tish rejasi: darsliklar bosqichma-bosqich yangilanadi, imlo baholashda yengillik beriladi
Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈 Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈

Takomillashtirilgan o‘zbek lotin alifbosi to‘g‘risidagi qonun 21-oktabr kuni imzolangan edi. Endi uni amalga oshirish bo‘yicha hukumat qarorining loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjatda ta’lim, raqamli tizimlar, shaxsiy hujjatlar va mahsulot qadoqlarini yangi alifboga o‘tkazish muddatlari belgilangan.

Maktab va darsliklar

  • Amaldagi o‘zbek tilidagi darsliklar qayta ko‘rib chiqiladi, ularning oxirgi nashr yili va keyingi chop etilish muddati aniqlanadi.
  • 1-sinf darsliklari va o‘quv-metodik majmualari 2027/2028-o‘quv yilidan yangi alifboga o‘tadi.
  • Qolgan sinflar darsliklari 2027–2031-yillarda bosqichma-bosqich yangilanadi.
📝 O‘quvchilar uchun muhim: 2028-yil 1-avgustgacha 5–11-sinflarda imloni baholashda yengillik beruvchi vaqtinchalik yo‘riqnoma amal qiladi. U yakuniy davlat attestatsiyasi va kirish imtihonlariga ham tatbiq etiladi.

Pedagoglar malakasi

2027-yildan boshlab qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlariga yangi alifbo va imlo qoidalariga oid modullar kiritiladi. Bundan tashqari, seminarlar, qisqa muddatli kurslar, vebinarlar va metodik mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Maktabgacha ta’lim

Bolalarga yangi harflarni o‘rgatish uchun rasmli kitoblar, magnitli harflar, o‘yinchoqlar, audioertaklar va animatsion videolar tayyorlanadi.

Raqamli tizimlar va lug‘atlar

  • Elektron jurnal, kundalik, ta’lim platformalari va axborot tizimlari yangi alifboga moslashtiriladi.
  • Android, iOS, macOS va Windows uchun yagona klaviatura standarti ishlab chiqiladi; xalqaro sun’iy intellekt kompaniyalaridan yangi alifboni qo‘llab-quvvatlash so‘raladi.
  • O‘zbek tilining 10 jildlik izohli lug‘ati tayyorlanib nashr etiladi, uning elektron varianti izohli.uz saytiga joylanadi. Soha terminologik lug‘atlari bepul taqdim etiladi.

Hujjatlar va qadoqlar uchun muddatlar

Fuqarolarning ismlarieski yoki yangi harflarda yozilgani uchun rad etilmaydi
Eski alifbodagi blankalar2028-yil 1-yanvargacha ishlatilishi mumkin
ID-karta, biometrik pasport, haydovchilik guvohnomasi, texpasport, kadastr hujjatlariyangi alifboga o‘tkaziladi
Qadoq va yorliqlarda ikki alifbo parallel2027-yil 22-apreldan 2028-yil 22-aprelgacha
Yangi buyurtmalar faqat yangi alifboda2028-yil 22-apreldan
Eski qadoq qoldiqlari2029-yil 22-aprelgacha
Qonun kuchga kiradi2027-yil 22-aprel

Ijro va moliyalashtirish

Davlat organlari bir oy ichida “yo‘l xaritalari”ni tayyorlaydi, ijro kamida oyiga bir marta ko‘rib chiqiladi. Xarajatlar 2027-yilda vazirliklar ajratmalari, 2028-yildan esa davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

💬 Loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 6-dekabrgacha davom etadi. Hujjat hali loyiha, yakuniy qaror qabul qilinganidan keyin muddatlar o‘zgarishi mumkin.

O‘xshash maqolalar