70 foizlik ustama kimlar uchun?

Xalq ta'limi / 16 dekabr, 13:50 · 13141

70 foizlik ustama — toifa testlarida 86 va undan koʻp ball toʻplagan pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun joriy etilmoqda.

70 foizlik ustama kimlar uchun?
Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈 Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈

 

70 foizlik ustama — toifa testlarida 86 va undan koʻp ball toʻplagan pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun joriy etilmoqda.

 

✅Savol: Men 2025-yil bahorda boʻlib oʻtadigan attestatsiyada 70 foizlik ustama uchun topshirmoqchiman. “Agar 86 balldan past boʻlsa, toifasi pasaytiriladi” — deyishdi. Shu toʻgʻrimi?


Javob: Bu notoʻgʻri albatta. 70 foizlik ustama — bu toifa testlarida 86 va undan koʻp ball toʻplagan pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun joriy etilmoqda. 86 ball toʻplay olmagan pedagoglarga nisbatan salbiy qarorlar qabul qilinmaydi.

 

 

✅Savol: Umrbod toifaga (XXX-cheksiz muddatli sertifikatga) ega boʻlgan ustozlar ham 70%lik attestatsiyaga qatnasha oladimi?

Javob: Albatta, umrbod toifaga ega boʻlgan pedagoglar ham oʻz ixtiyorlariga koʻra, attestatsiyaning navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etishlari mumkin.

 

 

O‘xshash maqolalar