«Ilg‘or o‘qituvchi», «Ustoz o‘qituvchi» yoki «Professional o‘qituvchi» darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlariga quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq…
«Ilg‘or o‘qituvchi», «Ustoz o‘qituvchi» yoki «Professional o‘qituvchi» darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlariga quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi:
1️⃣«Ilg‘or o‘qituvchi» darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida;
2️⃣«Ustoz o‘qituvchi» darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 70 foiz miqdorida;
3️⃣«Professional o‘qituvchi» darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Huquqiy asos: "O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida" gi PF-106-sonli Farmoni.