Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan maktablar roʻyxati va oʻquv dasturlari tasdiqlandi

Xalq ta'limi / 21 sentabr, 08:06 · 5680

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish ishlarini…

Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan maktablar roʻyxati va oʻquv dasturlari tasdiqlandi
Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈 Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 300-sonli buyrug‘i bilan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan ikkinchi xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, xitoy) til oʻquv dasturlari 1-6-ilovalarga muvofiq;

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 10-sinfdan ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:

 



uch kun muddatda mazkur buyruqni ikkinchi xorijiy til oʻqitish amaliyoti joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yetkazish va ijrosini nazorat qilish;

ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish;

har chorakda ikkinchi xorijiy tilga oʻqitish amaliyoti borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar toʻgʻrisida vazirlikka maʼlumot kiritish vazifalari yuklatildi.

 

 

 

O‘xshash maqolalar