Ch harfi oʻzgartirilishi mumkin

Xalq ta'limi / 19 dekabr, 08:33 · 4084

18-dekabr kuni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.

Ch harfi oʻzgartirilishi mumkin
Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈 Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈

18-dekabr kuni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.

Oyina.uz muxbirining xabar berishicha, yigʻilishda mutaxassis va olimlar koʻplab taklif va eʼtirozlarni eʼtiborga olib, Ch qoʻsh harfini C emas, Ç shaklida ifodalash yuzasidan kelishib oldi.

Qayd etish kerak, sentabr oyida taklif etilgan loyihada Ch harfidan tashqari, quyidagi oʻzgarishlar ham nazarda tutilgan:
 
Sh qoʻsh harfini Ş shaklida, yaʼni bir harf bilan ifodalash;
 
Oʻ harfini Õ shaklida, Gʻ harfini Ğ shaklida yozish.
 
Ushbu harflarni kompyuterning standart klaviaturasida qaysi klavishlar oʻrnida aks ettirish ham eʼtiborga olingan.