O‘qituvchilarning sanatoriyalarga yo‘llanma olish tartibi

O‘qituvchilarning sanatoriyalarga yo‘llanma olish tartibi quyidagicha:

✅ Xodim sanatoriyga yoʻllanma olish uchun ish joyida tuzilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasiga murojaat qiladi.

Kasaba uyushmasi tuzilmagan tashkilot xodimlari sanatoriy yoʻllanmasi olish uchun ish beruvchining ishonchnomasiga asosan hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalariga murojaat qiladi.



✅ Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga tizimdagi sanatoriylar va dam olish uylari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.



✅ Xodim oʻziga maʼqul kelgan sanatoriyni tanlab, sanatoriyga yoʻllanma ajratish boʻyicha ariza topshiradi.



✅ Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimning arizasini qabul qilib, sanatoriyga yoʻllanma olish uchun murojaatlarni roʻyxatga olish kitobiga (13 forma) kiritib, navbat oladi.


✅ Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga imtiyozli yoʻllanma olish uchun hisobidagi mablagʻdan kelib chiqqan holda yuqori turuvchi kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlariga buyurtma beradi.



✅ Kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlari buyurtmani qabul qiladi va soʻralgan sanatoriyga yoʻllanmani tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi ishonchnomasiga asosan ajratadi.



  Xodim kasaba uyushmasi qoʻmitasidan yoʻllanma olishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

➖ ariza;
➖ tibbiy maʼlumotnoma;
➖ pasport nusxasi;
➖ mehnat daftarchasi nusxasi;
➖ mehnat taʼtili berilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
➖ yoʻllanma qiymati toʻliq yoki qisman toʻlangani (yoʻllanma narxining 45 foizi) toʻgʻrisidagi toʻlov qogʻozi (kvitansiya).

✅ Xodim sanatoriy yoʻllanmasi hamda tibbiyot muassasasidan sanatoriyga taqdim etish uchun sanatoriy-kurort kartasini (0.7.2./U-shakl) olib, sanatoriyga yoʻllanmada belgilangan kunda tashrif buyuradi.