Bugungi kunda yurtimizda nonning narxi eng arzoni 2800 so'm ($0,24) bo'lsa eng qimmati 30 ming so'm ($2,65) gacha boradi va o'rtacha oylik maosh ($286,31)ga o'rtacha 1 193 ta non berar ekan.
Boshqa davlatlarda:
— AQSH:
• Non narxi $2,71;
• O'rtacha oylik $4 300 (1 586 ta non).
— Avstraliya:
• Non $1,89;
• O'rtacha oylik $4 012,1 (2 122 ta non).
— Buyuk Britaniya:
• Non $1,48;
• O'rtacha oylik $3 057,6 (2 065 ta non).
— Rossiya:
• Non $0,45;
• O'rtacha oylik $828,25 (1 840 ta non).
Yuqoridagi ma'lumotlar tahliliga ko'ra o'rtacha oylik maoshga eng ko'p nonni Avstraliyada olsa bo'lar ekan.