Dunyodagi eng yaxshi yuzta o'qituvchining biri — Ingvi Omarssondan ta’limga doir 8 ta muhim savolga javob

Ta’limga oid innovatsiyalarni izlash va yoyish bilan shug‘ullanuvchi HundrED - xalqaro tashkiloti yangiliklar, g‘oyalar va qarashlarni yoyish orqali ta’lim sifatini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shadigan dunyodagi eng yaxshi 100 ta o‘qituvchini aniqladi. Quyida mana shu 100 o'qituvchining biri bo'lgan Ingvi Omarssonning ta'limga oid eng muhim 8 ta savolga bergan javobi bilan tanishishingiz mumkin.

1. Sizningcha, ta’lim berishning hozirgi usuli farzandlarimizni XXI asr ehtiyojlari uchun to‘liq tayyorlayaptimi?

Avvalo, biz XXI asr ko‘nikmalariga e’tibor qaratishimiz kerak. Bu haqida e’lon qilingan ko‘plab maqolalarda kommunikatsiya, hamkorlik, tanqidiy fikrlash va ijodiy fikrlash kabilar alohida ta’kidlangan. Ba’zi olimlar bu ko‘nikmalar qatoriga yana ikkitasini qo‘shadilar: fuqarolik va xarakter. Menimcha, bu qobiliyatlar biz aniq rivojlantirishimiz kerak bo‘lgan ko‘nikmalardir. Odamlarning ta’limning maqsadi o‘qish, yozish va arifmetika kabi “boshlang‘ich asoslar”ni o‘rgatish deyishlari menga umuman yoqmaydi. Aslida maktab, ta’limning vazifasi unday emas! Mening fikrimcha, ta’lim orqali birgalikda yashash va dunyoni hammamiz uchun yaxshilashimiz mumkinligiga e‘tibor qaratishimiz kerak. Biz o‘quvchilarni demokratik sharoitda faol va to‘g‘ri tanqid qiladigan fuqarolar sifatida boshqa odamlarning nuqtayi nazarlarini chinakamiga tinglaydigan va shunga yarasha harakat qiladigan, hamdard bo‘la oladigan, muhim masalalarni muhokama qiladigan va tanqidiy hal qiladigan etib tayyorlashimiz kerak. Bu haqiqatan ham juda muhim deb o‘ylayman.

Ilgari ta’limda maxfiylik mahoratiga katta e’tibor berilardi. Hozirda esa biz farzandlarimizni ko‘proq boshqaruvchi direktor sifatida tayyorlashimiz kerak. 

Boshqaruvchi direktorning mahorati nimada? Yaxshi rahbar qanday sifatlarga ega? Fikrlash, yangilik yaratish, o‘z fikrini bildira olish, mag‘lubiyatdan qo‘rqmaslik, boshqalarga kuch bag‘ishlash, uzoqni ko‘ra olish, o‘z g‘oyalarini boshqalarga  yetkazish va ular bilan qanday ishlashni bilish, turli qarashga ega odamlar bilan hamkorlik qila olish, turli nuqtayi nazarlarni tinglash va qiyinchiliklar orqali haqiqiy xarakterini namoyish etish. Menimcha, bu biz diqqat qaratishimiz kerak bo‘lgan asosiy masalalardan biridir. 

O‘ylaymanki, ta’lim ham butun jamiyat uchun muhim bo‘lgan haqiqiy, mazmunli ishni yaratish haqida bo‘lishi kerak. Masalan, maktablarda o‘quvchilar biz uchun ko‘plab loyihalar qilishadi va ko‘pincha ular hech kimga ko‘rsatilmaydi. Agar o‘quvchilar loyihalari boshqalar uchun ham yetarlicha foydali bo‘lishlarini xohlashadi. Agar ular bu loyiha ishlarini butun dunyo ko'rsa, unda o‘zlarining bor mahoratlarini namoyish qiladilar.  Agar jamiyat ularning bu ishlaridan, hammasini emas, ozginasi bo‘lsa ham, xabar topsalar, o‘quvchilar o‘zlarining ishlari yaxshi bo‘lishini, hattoki juda yaxshi bo‘lishini xohlashadi va shunga harakat qilishadi. Buni juda katta narsa desa bo‘ladi.

Ta’limdagi boshlang‘ich asoslar haqida gapiradigan bo‘lsak - bu san’at, musiqa yoki raqs bo‘ladimi, barchasi ijodkorlik va yuqorida keltirilgan ko‘nikmalar bilan chambarchas bog‘liq. 

Biz o‘quvchilarni qanday tayyorlayapmiz? Bu juda katta savol. Baholash va standartlashtirish hamma uchun bir xillikni talab qiladi, lekin bizga haqiqatan ham kerak narsa - bu turfa xil ko‘nikmalar va keyin ular asosida bir-birimiz bilan hamkorlik qilish qobiliyatidir. Xullas, men har narsada mukammal bo‘lishim shart emas, ba‘zi narsalarda yomon bo‘lishim normal holat. Men ba’zi narsalarda qobiliyatim yetarli emasligini bilaman, shuning uchun bu borada mendan yaxshiroq odamlarni topaman va ular bilan ishlayman. Shu yo‘l bilan biz ajoyib narsalarni qila olamiz.

Xo‘sh, ularni to‘g‘ri tayyorlayapmizmi? Toki bu haqidagi suhbatlarni davom ettirsak, odamlardan nima qilish kerakligi haqida so‘rab tursak, to‘g‘ri yo‘ldamiz, deb o‘ylayman. 

2.  Ta’lim jarayonida o‘qituvchining vazifasi qanday? 

Avvalo, biz o‘qituvchilarga yaxshi maosh to‘lashimiz kerak. Biz ularni hurmat qilishimiz va ularga ishonishimiz kerak - bu juda muhim. Agar buni amalga oshirolsak ajoyib va malakali o‘qituvchilarimiz ko‘p bo‘ladi. Odamlar o‘qituvchilarni hurmat qilishlari va ularni ijodkor mutaxassislar sifatida ko‘rishlari kerak. O‘qituvchilik ijodiy kasb! Agar biz uni juda standartlashtirmasak, ularga erkinlik va ishonch bersak, ular ajoyib ishlarni qilishlari mumkin.

O‘rganish jarayonida o‘qituvchining o‘rni juda yuqori. Uning o‘zi birinchi navbatda yetakchi o‘rganuvchi hisoblanib, o‘quvchilarga nimani o‘rganish kerakligini ko‘rsatib beradi va o‘rnak bo‘ladi. O‘rganish hech qachon to‘xtamasligi kerak. Bu siz qilishingiz mumkin bo‘lgan 40 daqiqalik mashg‘ulot emas, bu butun umr davom etadigan jarayondir. 

Men ba’zida maktabdagi kutubxonaga boraman va kamdan-kam hollarda u yerda kattalarni uchrataman. Masalan, Islandiyada maktablarga boradigan bo‘lsam, kattalarni juda kam hollarda uchrataman, faqat u yerda ishlayotganlar va tinchlikni ta’minlab turadigan xodimlar. Kamdan-kam hollarda u yerda ta’lim olayotgan, o‘rganish uchun nimalarnidir qidirib ko‘nikmalarini rivojlantirayotgan va ularni boshqalar bilan bo‘lishishga harakat qilayotgan kattalarni ko‘rasiz. Bolalardan kutubxonaga borishni, o‘rganishni  so‘raymiz, lekin biz buni o‘zimiz buni qilmaymiz. Ba‘zan men o‘qish yoki o‘rganish uchun kutubxonaga borganimda, odamlar mendan “O‘zingizni yaxshi his qilmayapsizmi? Nega bu yerdasiz?!” - deb so‘rab qolishadi. Xullas, fikrimcha doimiy o‘rganish biz uchun juda muhimdir.

O‘qituvchilar hamkorlik qilishlari kerak, ammo bu tizimlar va maktablar ularga hamkorlik qilish imkoniyatini berishlariga bog‘liq. Siz sinflar orasidagi devorlarni buzishingiz mumkin, o‘qituvchilarga birgalikda dars berishlarini ta’minlashingiz mumkin. Ular bir-birlaridan ham o‘rganishadi, ham hamkorlik qilishadi. Shu holda ular yakkalanmaydi.

Toni Vagner aytganidek, yakkalanish rivojlanishning birinchi to‘sig‘idir. Biz o‘z maktabimiz doirasida ham, maktablar o‘rtasida ham, mamlakatlar o‘rtasida ham hamkorlikni rivojlantirishimiz kerak. Eng yaxshi amaliyot, eng yaxshi tajribalarni bo‘lishishimiz zarur. Xulosa sifatida aytishim mumkinki, o‘qituvchilar - yetakchi o‘rganuvchilardir. O‘quvchilarga nimani o‘rganish kerakligini va bu hech qachon tugamasligini ko‘rsatish - eng asosiy narsa. 

3. Sizningcha eng qiziqarli yoki samarali o‘quv muhiti qanday bo‘lishi kerak?

Bizga har xil muhit kerak ya’ni biz har xil ta’lim turlari uchun har xil muhitga muhtojmiz. Maktab siz uchun shunchaki o‘rganishingiz kerak bo‘lgan joy emas, ma’lum bir ta’lim turini o‘zlashtirishga muhit yaratishi kerak. Siz yakka holda ishlashingiz, boshqalar bilan hamkorlik qilishingiz va nima qilayotganingizni baham ko‘ra olishingiz mumkin bo‘lgan joylar kerak. Maktabda, agar uning atrofida o‘rmon bo‘lsa, bu juda ham yaxshi. Lekin siz uni to‘g‘ri ishlatmasangiz, foydasiz.

Maktab binosini loyihalashtirishda va maktabning jismoniy maydoni, uning muhiti haqida gapirganda, biz nima qilishni, nimaga erishishni xohlayotganimizni hisobga olish kerak. Biz uni ijodkorlik uchun qurmoqchimizmi? Yoki xotirani mustahkamlashga e‘tibor qaratmoqchimizmi? Hamkorlikni rivojlantiramizmi yoki  yoki yakka holda ishlashni rag‘batlantirish va raqobatni xohlaymizmi? Biz texnologiyani xohlaymizmi yoki yo‘q? Biz o‘quvchilar o‘rtasida muloqotni xohlaymizmi yoki bilimlarni bir kishidan guruhga o‘tkazmoqchimizmi? Xullas, maktab binosini o‘z ehtiyojlarimiz va kelajakni hisobga olgan holda loyihalashtirishimiz va bu joylarni o‘quvchilarga markazlashgan bo‘lishini ta’minlashimiz kerak. Eng yaxshi muhit, eng yaxshi maktablar texnologiyalarni deyarli ko‘rinmaydigan tarzda ishlatadi. Maktablardagi muhit o‘quvchilarni yaratuvchanlik va hamkorlik qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlashi uchun rag‘batlantirishi kerak. Biz o‘quv dasturlarini shunga moslashtirishimiz, o‘quvchilarga yordam berishimiz kerak.

Stiven Mintz o‘zining “Hayotning boshlanishi” kitobida aytib o‘tganidek, bugungi bolalar bugungi yaxshiroq yashamoqda: jinoyatchilik darajasi pasaygan, chekish darajsi kamaygan, sinflar va baholar darajasi ko‘tarilgan, savodxonlik darajasi ko‘tarilgan. Biroq aslida muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlar: bolalardagi depressiya, tushkunlik, stress belgilari, o‘zaro munosabatlardagi ziddiyatlar, o‘z joniga qasd qilish darajasi kabilarga e’tibor qaratishimiz kerak. 

Osonlikcha hisoblashimiz mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarda yaxshi natijalarga, aslida muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlarda esa natijalar yomon bo‘lishi mumkin. Bunda bizning vazifamiz maktablarda bolalarga rivojlanishi, yaratuvchanlik va o‘zlarini to‘la namoyon qila oladigan muhit va sharoit yaratib berish bo‘lishi kerak.

4. Sizningcha, standart test sinovlari o‘qishni baholashning eng samarali usuli hisoblanadimi?

Yo‘q, unday emas, lekin bu sizning xohishingizga bog‘liq. Agar siz o‘quvchilar xotirasini sinashni xohlasangiz yoki o‘qish, yozish va o‘qib tushunishning standart rejimlarini sinab ko‘rishni istasangiz - albatta, u ishlaydi. Lekin biz oldinga siljitadigan usul sifatida bunday testlar aniq samarali emas.

Sinovlar shaxsiy yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, ulardan o‘qituvchilar foydalanishi kerak. Shuningdek, sinov testlarini o‘quvchilarni yo‘naltirish uchun aynan o‘qituvchilarning o‘zlari tuzishlari kerak. Sinovlarni qandaydir tizimlar boshqa tizimlar uchun tuzishi yaramaydi. Odamlar kelajakda, hatto hozir ham, sizning bahoyingiz, darajangiz haqida so‘ramaydilar. Bunda siz boshqalarni yo‘naltirish uchun nima qilganingiz va buni qanday aniqlash mumkinligi muhim? 

Men universitetga boradigan o‘quvchilarni to‘liq qo‘llayman, bu juda yaxshi narsa. Lekin yodlashga va faktlarga asoslangan, standartlashtirilgan testlar biz uchun oldinga yo‘l emas. Muammolarni hal qilish yo‘llarini ular o‘zlarini topishlari kerak. Buni ijodiy, tanqidiy fikrlab, hamkorlikda qila olsalar, menimcha, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Baholashda birinchi jonkuyarlik, ijodiy fikrlash va muloqotga e‘tibor qaratish lozim.

5. Hukumat ta‘lim sohasida qanday rol o‘ynashi kerak deb o‘ylaysiz?

Hukumatdagi siyosatchilar va qaror qabul qiluvchilar kelib chiqishi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha o‘quvchilar teng imkoniyatlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashi kerak. Bu-eng asosiy narsa.

Buning muhimligi shundaki, har narsada g‘oliblik va mag‘lubiyat bo‘ladi. Ta’limda yutqaza olmaymiz. Bunda kimdir mag‘lubiyatga uchrashi mumkin emas, chunki bu holat bo‘linishni yuzaga keltiradi. Ular o‘rtasidagi raqobat millatni ikkiga ajratadi butun jamiyatni bo‘ladi va agar u raqobatlashayotgan bo'lsa, biz baham ko'rmaymiz. Biz eng yaxshisini, nima ishlayotganini baham ko'rmaymiz, chunki agar biz raqobatdosh bo‘lsak, nega men siz bilan ishlashim kerak? 

Hatto maktab ichida ham o'qituvchilar raqobatlashadi, men bunday muhitda ishlashni xohlamayman! Ayniqsa, ta'lim sohasida. Shunday qilib, menimcha, bu siyosatchilar va hukumatning hamma uchun teng imkoniyat bo'lishiga ishonch hosil qilishdagi asosiy rollari.

6. Bir joyda natija bergan yangilik boshqa joyda ham ishlashi mumkinmi?

 Har doim ham bunday bo‘lmasligi mumkin, chunki innovatsiyalar, yangiliklarni  ko‘pincha odamlar boshqaradi, ular asos solidi. Shuning uchun siz biror narsani shunchaki birovning oldiga qo‘yib, buni bajaring deb ayta olmaysiz, chunki bu ko‘p narsani o‘z ichiga oladi. Innovatsiyalarni amalga oshirish uchun sizga to‘g‘ri aql-idrokka ega bo‘lgan va mufaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydigan to‘g‘ri odamlar kerak!  Agar siz biror narsani qo‘lga kiritib, uni o‘zingizniki qilmasangiz, u ishlamaydi, deb o‘ylayman. Siz hamkorlik qilishingiz va boshqa odamlardan o‘rganishingiz kerak.

Biz eng yaxshi natija beradigan va odamlar o‘rganishi mumkin bo‘lgan narsalarni sinab ko‘rishimiz mumkin. Ammo sizda kerakli muhit va to‘g‘ri tuzilma bo‘lmasa, ishni avvalo, shu yerdan boshlashingiz kerak. Ta’limda innovatsiyalar ko‘pchilik o‘ylaganidek oson emas, juda qiyin. 

 7. O‘zingiz olgan ta’limingizdagi eng yaxshi payt yoki tajribangiz qanday bo‘lgan?

 “Bo‘lgan” degani u tugaganligini anglatadi. Ta’lim aslida tugamaydi – u doim davom etadi. Shunga qaramay, maktabdagi hammaning birgalikda hamkorlik qilishi menda eng yorqin xotiralar qoldirgan.  Shuningdek, o‘qituvchi sifatida butun sinfning birgalikda ishlashi va birgalikda rivojlanishini kuzatish eng sevimli mashg‘ulotim. 

Mening sevimli o‘qituvchim 1-sinfdan 3-sinfgacha o‘qitgan ustozim bo‘lib, u hamkorlik qilish va biz buni qanday his qilishimizni o‘rgatganlar. U menga o‘rgatgan biron bir narsani aniq eslay olmayman, o‘qishni o‘rgatgandir, ehtimol, lekin aynan u yaratgan muhit va biz o‘quvchi sifatida his qilganlarimizni hech qachon unutmayman. 

8. Keyingi 100 yillik ta’lim qanday bo‘ladi?

 Keyingi 100 yillik ta’lim … bizni ko‘proq inson qilish, boshqalarga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishimizga yordam berish, o‘zimizga yaxshiroq munosabatda bo‘lish, bolalarimizga axloq va qadriyatlarni rivojlantirishda ko‘maklashish, bolalarga o‘z ehtiroslari va maqsadlarini topishda yordam berish va ularni yaxshi hayot kechirishga yordam berish haqida bo‘lishi kerak. Kelgusi 100 yilda ta’lim  shu narsalar bilan bog‘liq bo‘ladi, deb o‘ylayman.