Baʼzan maktabda darslar qanday boshlanadi? Afsuski, oʻquvchilarning kechikishi bilan. “Oshxonada edim”, “Qoʻngʻiroqni eshitmay qoldim”, “Uxlab qoldim” kabi bahonalar oʻqituvchining samarali ishlashida diqqatni jamlashiga xalaqit beradi.
Sizga ajoyib layfxaklarni oʻrgatamiz.
Birinchi layfxak.
Kechikkan bolaga 5 tadan savol beriladi. Eng muhimi, savollarni oʻqituvchi emas, balki sinfdoshlari beradi. Ishoning, bolalar baʼzida siz darhol javob berolmaydigan savollarni berishadi. Bu bilan kechikishlar soni kamayadi, chunki dars boshidanoq hech kim qoniqarsiz baho olishni xohlamaydi.
Ikkinchi layfxak.
Ayrim oʻquvchilardan nega darsga kechikkani soʻralganida, “Uxlab qoldim” deya bahona qilishadi. Bu zerikarli, albatta. Keyingi safar yana kechiksa, qiziqarli bir voqeani hikoya qilishni topshiring. Hikoyasida hatto fantastika ham aralashsin, albatta, u qisqa boʻladi. Bunda kayfiyat buzilmaydi va uning nutqi ham rivojlanadi.
Uchinchi layfxak.
Koʻp gapiruvchi oʻquvchilar uchun “jazo tayoqchasi”dan foydalansangiz boʻladi: agar ikkita tanbehdan keyin ham bola toʻxtamasa, tushuntirib oʻtirmay, unga qarata tayoqchani koʻrsatasiz. Bu xuddi futbolda kartochkani koʻrsatgandek. Tanaffusda tayoqlarni hisoblaysiz: tayoqchalar qancha boʻlsa, shuncha marta u darsda oʻzini tutish qoidalarini oʻqishi kerak boʻladi. Keyin shuncha marta maxsus daftarga koʻchirib yozadi.
Maktablarning birida toʻpolonchi bir bola buni yigirma marta bajarishiga toʻgʻri kelgan va buni maktabni bitirguncha eslab yurgan.
Toʻrtinchi layfxak.
Agar sinfda xunuk vaziyat yuzaga kelsa, oʻquvchilarning ishidan natijalaridan norozi boʻlsangiz, “Mening aqlli, donolarim, qand-u novvotlarim, kelinglar birgalikda bu muammoni hal qilamiz” deb ayting.