Endi IIV Akademiyasiga ayrim abituriyentlar yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi — ular kimlar?

Xalq ta'limi / 24 noyabr, 04:57 · 24

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga kirmoqchi bo‘lganlar uchun yangilik: ayrim nomzodlar endi yakuniy suhbatdan o‘tmasdan qabul qilinadi.

Endi IIV Akademiyasiga ayrim abituriyentlar yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi — ular kimlar?

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga kirmoqchi bo‘lganlar uchun yangilik: ayrim nomzodlar endi yakuniy suhbatdan o‘tmasdan qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasi bakalavriatga qabul tartibiga shunday o‘zgartirish kiritdi.

Kimlar suhbatsiz qabul qilinadi?

Prezidentning 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son qaroriga muvofiq, yillik qabul kvotasi doirasida quyidagi uch toifa kunduzgi ta’limga yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi:

  • ichki ishlar tizimida muddatli harbiy xizmatni a’lo darajada o‘tagan shaxslar;
  • respublika yoki xalqaro sport musobaqalari, fan olimpiadalarida birinchi o‘rinni egallagan nomzodlar;
  • Qurolli Kuchlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar umumiy soniga mutanosib ravishda, IIV kvotasi asosida tanlangan harbiy xizmatchilar.

Bu barcha sinovlardan ozod qilish degani emas

Diqqat qiling: bu nomzodlar faqat yakuniy suhbatdan ozod etiladi. Ular dastlabki saralash va maxsus kasbiy saralash natijalari asosida qabul qilinadi, ya’ni bu bosqichlardan o‘tishlari shart.

Imtiyoz kunduzgi bakalavriatga qabul uchun amal qiladi.

Ariza qachongacha?

Akademiyaga kirmoqchi bo‘lganlar 2027-yil 15-fevralgacha yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ariza topshirishlari mumkin.

Agar maktabingizda olimpiada g‘oliblari yoki sportda yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar bo‘lsa, bu imkoniyat haqida ularga albatta aytib qo‘ying.

O‘xshash maqolalar