Inklyuziv sinflarga maxsus pedagog va assistent-o‘qituvchi qanday tartibda beriladi? Ustama ham bor

Xalq ta'limi / 24 noyabr, 04:57 · 25

Inklyuziv ta’lim sinflarida o‘qituvchi yolg‘iz qolmaydi: unga yordam berish uchun maxsus pedagog yoki assistent-o‘qituvchi shtati ajratiladi.

Inklyuziv sinflarga maxsus pedagog va assistent-o‘qituvchi qanday tartibda beriladi? Ustama ham bor

Inklyuziv ta’lim sinflarida o‘qituvchi yolg‘iz qolmaydi: unga yordam berish uchun maxsus pedagog yoki assistent-o‘qituvchi shtati ajratiladi. Xo‘sh, bu shtat qachon va kimga beriladi?

Shtat nimaga asosan beriladi?

Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich qo‘llab-quvvatlovchi korreksion sinflar uchun shtat Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida ajratiladi. Har bir sinfga 1,0 shtat birligi beriladi.

Maxsus pedagog kimlar uchun?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 638-son qaroriga ko‘ra, 1,0 shtat maxsus pedagog quyidagi o‘quvchilar bilan ishlash uchun belgilanadi:

  • nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lganlar;
  • eshitmaydigan yoki zaif eshitadiganlar;
  • intellektual rivojlanishida nuqsoni bo‘lganlar.

Assistent-o‘qituvchi kimlar uchun?

1,0 shtat assistent-o‘qituvchi eshitish, ko‘rish, tutqanoq kasalligi yoki tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lib, mustaqil yura olmaydigan o‘quvchilar uchun ajratiladi.

Muhim cheklov

Maxsus pedagog talab etiladigan o‘quvchilar va assistent-o‘qituvchi talab etiladigan o‘quvchilar bitta sinfga qabul qilinmaydi.

Ustama qancha?

Bunday sinflarda ishlaydigan maxsus pedagog va assistent-o‘qituvchilarga alohida mehnat sharoiti uchun oylik maoshining 50 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

Uyda yakka tartibda ta’lim

Salomatligi sababli maktabga muntazam qatnay olmaydigan bolalar uyda yakka tartibda o‘qitiladi. Buning uchun tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi kerak. Xulosa olti oyga yoki butun o‘quv yiliga beriladi, tibbiy ko‘rik esa ariza berilgandan keyin uch kun ichida o‘tkaziladi.

O‘xshash maqolalar