Ta’lim va ilm-fan vazirligi pedagog xodimlarning malaka toifasini aniqlash bo‘yicha attestatsiya sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritdi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi pedagog xodimlarning malaka toifasini aniqlash bo‘yicha attestatsiya sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritdi. Texnik sabablarga ko‘ra 17, 18 va 19-noyabr kunlariga rejalashtirilgan sinovlar boshqa sanalarga ko‘chirildi.
Sinovlar qachon bo‘lib o‘tadi?
Yangi tartibga ko‘ra, 17-noyabrdagi sinovlar 1-dekabrda, 18-noyabrdagilari 2-dekabrda, 19-noyabrdagilari esa 3-dekabrda o‘tkaziladi.
| Avvalgi sana | Yangi sana |
|---|---|
| 17-noyabr | 1-dekabr |
| 18-noyabr | 2-dekabr |
| 19-noyabr | 3-dekabr |
| 1–3-dekabr (Kasbiy ta’lim agentligi tizimi) | 4–5-dekabr |
Kasbiy ta’lim agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun 1–3-dekabrga belgilangan sinovlar ham surildi — ular endi 4–5-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Qolgan kunlarda o‘zgarish yo‘q
20–30-noyabr kunlariga belgilangan attestatsiya sinovlari avval tasdiqlangan jadval asosida o‘z vaqtida davom etadi. Shu kunlarga yozilgan pedagoglar sinovga odatdagidek tayyorgarlik ko‘raveradi.
Sinovi ko‘chirilgan o‘qituvchilarga qo‘shimcha vaqtdan unumli foydalanib, tayyorgarlikni davom ettirish tavsiya etiladi. Yangi sana va vaqt bo‘yicha aniq ma’lumotni shaxsiy kabinet yoki tuman (shahar) ta’lim bo‘limi orqali tekshirib turish lozim.
Manba: talimxabarlari.uz