Maktabda imtihon tartibi o‘zgarishi mumkin: 9-sinfda asosiy, 11-sinfda yagona davlat imtihoni

Xalq ta'limi / 13 noyabr, 22:29 · 386

Ta’lim va ilm-fan vazirligi maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va imtihon o‘tkazishning yangi tartibini ishlab chiqmoqda.

Maktabda imtihon tartibi o‘zgarishi mumkin: 9-sinfda asosiy, 11-sinfda yagona davlat imtihoni
Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈 Attestatsiya - Boshlang'ich ta'lim! 👉BOSING!👈

Ta’lim va ilm-fan vazirligi maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va imtihon o‘tkazishning yangi tartibini ishlab chiqmoqda. Loyiha bo‘yicha jamoatchilik fikrini bilish uchun anonim so‘rovnoma ham boshlandi.

Taklifga ko‘ra, baholash bosqichma-bosqich — 4, 7, 9 va 11-sinflarda o‘tkaziladi.

Har bir sinfda nima o‘zgaradi?

4-sinf. O‘qish, matematika va tabiiy fanlardan diagnostik test o‘tkaziladi. Unga baho qo‘yilmaydi, natija keyingi sinfga o‘tishga ta’sir qilmaydi.

7-sinf. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari va mantiqiy fikrlash darajasini aniqlovchi diagnostika o‘tkaziladi. Natijalar faqat tavsiya xarakterida bo‘ladi.

9-sinf. Asosiy davlat imtihoni joriy etiladi. Natija attestatga baho sifatida yoziladi va akademik litsey yoki texnikumga qabulda inobatga olinadi. Bunda o‘quvchining o‘z maktabida 10-sinfda o‘qishni davom ettirish huquqi saqlanib qoladi.

11-sinf. Yagona davlat imtihoni o‘tkaziladi. U ham maktabni tamomlash, ham oliy ta’lim muassasasi yoki texnikumga kirish uchun umumiy imtihon bo‘lishi rejalashtirilgan.

Qachondan joriy etilishi mumkin?

  • Tajriba-sinov: 2027/2028-o‘quv yili yakunida Toshkent shahri va Navoiy viloyatida. Sinov natijalari o‘quvchilarning o‘qishga qabul qilinishiga ta’sir qilmaydi.
  • Butun respublikada: 2028/2029-o‘quv yili yakunidan boshlab barcha hududlarda.

So‘rovnomada qatnashing

Yangi tartib bo‘yicha fikr va takliflaringizni vazirlikning anonim so‘rovnomasi orqali bildirishingiz mumkin: imtihon-sorovnoma.vercel.app

Eslatma: bu hozircha taklif va loyiha bosqichidagi tartib. Yakuniy qaror qabul qilingani haqida ma’lumot yo‘q.

Manba: Ta’lim xabarlari

O‘xshash maqolalar