Boshlangʻich sinf ustozlarga musiqa darsini oʻzi oʻqitsa boʻladimi?
YURIST JAVOBI:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 13-yanvardagi 9-son buyrug‘i bilan fan o‘qituvchisiga alohida malaka talablari belgilangan.
Unga ko‘ra, fan o‘qituvchisi:
▪️o‘qitadigan faniga mos kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumotga;
▪️yoki oliy ma’lumot hamda shu fandan dars berish huquqini beruvchi kasbiy qayta tayyorlov hujjatiga ega bo‘lishi kerak.
Musiqa madaniyati o‘qituvchisidan qo‘shimcha ravishda kamida bitta musiqa cholg‘u asbobini chalish ko‘nikmasi ham talab qilinadi.
Shu sababli faqat “Boshlang‘ich ta’lim” mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi musiqa madaniyati fanidan dars bera olmaydi. Musiqa darsining 1–4-sinflarda o‘tilishi mazkur malaka talabini o‘zgartirmaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi musiqa yo‘nalishidagi tegishli diplom yoki ushbu fandan dars berish huquqini beruvchi qayta tayyorlov hujjatiga hamda cholg‘u asbobini chalish ko‘nikmasiga ega bo‘lsagina musiqa fanidan dars berishi mumkin.
Demak, musiqa darslari tegishli malakaga ega musiqa fani o‘qituvchisiga berilishi kerak.