Elektron bazada ish staji to‘liq ko‘rinmayotgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Savol: To‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy malaka toifasini umrbod saqlash uchun ariza yubormoqchi edim. Lekin, pedagog.uzedu.uz - tizimida mening pedagogik stajim 18 yil ko‘rinmoqda. Aslida esa hozirgi kunga qadar 27 yillik ped stajga egaman. Bunday holatda nima qilsam bo‘ladi?

Javob: Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari malaka toifalari olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborishda joriy etilgan pedagog.uzedu.uz - platformasi bir qancha elektron tizimlar bilan integratsiya qilingan hamda pedagoglar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shu tizimlardan avtomatik tarzda olinadi. Jumladan, pedagoglarning ish faoliyati bilan bog‘iliq ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimi (YAMMT) — my.mehnat.uz - saytidan olinadi. Yuqoridagi savol holatga o‘xshash vaziyatlarda quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

birinchi qadam:-Ta’lim tashkilotida pedagoglarning ish faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarini Yagona milliy mehnat tizimi (YAMMT) — my.mehnat.uz -saytiga kiritishga mas’ul bo‘lgan shaxs (kadrlar bo‘yicha menenjer yoki shu masalaga mas’ul qilib biriktirilgan direktor o‘rinbosari va h.k.z) tomonidan ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri kiritilganligi tekshirib ko‘riladi.

ikkinchi qadam: - pedagog tomonidan ONE ID -tizimi orqali pedagog.uzedu.uz - platformasidagi shaxsiy kabinetga kiriladi va "pedagog ma’lumotlarini yangilash" tugmachasi bosiladi.