Savol: Men Namangan viloyati Chust tumanidagi 2 maktabning birinchi toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiman. Avgust-dekabr oylari attestatsiyasida navbatdagi-majburiy turi bo‘yicha ishtirok edim. Lekin, oliy toifaga o‘ta olmadim. 2 toifaning balini to‘pladim.
Maktab rahbariyati tomonidan hozirda menga ogohlantirish xati berilyapti. Shu to‘g‘rimi? Men endi bahorgi attestatsiyada majburiy qatnashib, agarda o‘ta olmasam, mehnat shartnomasi bekor bo‘ladimi?
Javob: Birinchidan, Sizga ogohlantirish xati berilishi bu noto‘g‘ri. Sababi, Sizning toifangiz hozirgi attestatsiya natijalariga ko‘ra birinchi toifadan ikkinchi toifaga tushirilgan va Siz keyingi besh yil davomida ikkinchi toifali o‘qituvchi sifatida o‘z faoliyatingizni davom ettirishingiz mumkin. Faqat, o‘z xohishingizga ko‘ra navbatdan-tashqari turi bo‘yicha ishtirok etishingiz mumkin. Navbatdan-tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra, har qanday past natija qayd etilganida ham, Sizga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi, amaldagi ikkinchi toifangiz tushirilmaydi.
Ikkinchidan, Siz kuzgi attestatsiyada navbatdagi-majburiy turi bo‘yicha ishtirok eta olmaysiz, sababi, 2025 yil yanvar-iyun oylaridagi attestatsiyada navbatdagi-majburiy turi bo‘yicha ishtirok etgan bo‘lsangiz, keyin besh yil davomida majburiy attestatsiyadan ozod qilinasiz (majburiy attestatsiyalar oralig‘i besh yildan kam bo‘lmasligi kerak).