
Taʼlim oʻzbek tilida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejaga TUSHUNTIRISH XATI
I. Oʻquv soatlarining taqsimlanishi
1. “Ona tili” va “Oʻqish savodxonligi” fanlari uchun ajratilgan haftalik oʻquv soatlar 1-sinfda quyidagicha taqsimlanadi: oʻquv yilining 1-2-choraklarida “Ona tili” fani negizida 4 soat “Alifbe”, “Oʻqish savodxonligi” fani negizida 4 soat “Yozuv”; 3-4-choraklarida 4 soat “Ona tili”, 4 soat “Oʻqish savodxonligi” fanlari
oʻqitiladi.
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan birini chet tili fani sifatida oʻqitishda ota-onalarning talabi va oʻquvchilarning xohish-istaklari, shuningdek, taʼlim muassasasida ushbu fan boʻyicha malakali fan oʻqituvchisi mavjudligi inobatga olinishi lozim.
Bunda, umumiy oʻrta taʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi 1-sinflarda ota-onalarning talabi va oʻquvchilarning xohish-istaklari asosida ular tomonidan tanlangan chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan birini chet tili fani sifatida oʻqitish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan taʼlim muassasasining Pedagogik kengashiga murojaat qiladi. Ushbu murojaat taʼlim muassasasining Pedagogik kengashida muhokama qilinadi va kengashning ushbu fanni chet tili sifatida oʻqitilishi yoki asosli sabablari koʻrsatilgan holda oʻqitish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror asosida chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan biri umumtaʼlim maktabida yoki maʼlum bir sinfida chet tili fani sifatida oʻqitiladi.
3. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-2-3-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashini rivojlantirishga qaratilganligi sababli mazkur fan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va 5-11-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi. Bunda, ushbu fan dars soatlari umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda
roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
4. “Tabiiy fanlar” (Science) fani boshlangʻich sinflarda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va 5-6-sinflarda “Fizika”, “Biologiya”, “Geografiya” fanlari oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi.Bunda, ushbu fan dars soatlari umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
5. “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fani mashgʻulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
II. Yakuniy qoidalar
6. Oʻquv jarayonini tashkil etish, xususan ayrim fanlarni ikki guruhga boʻlib oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Mazkur namunaviy tayanch oʻquv reja va tushuntirish xati asosida har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasi 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejasini
ishlab chiqadi va avgust oyidagi Pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.
8. Barcha turdagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida mazkur oʻquv reja asosida tashkil etiladigan darslar (mashgʻulotlar) davlat budjeti mablagʻlari hisobidan
amalga oshiriladi.
➡️Yangi o'quv rejani yuklab olish | Скачать ⬅️