Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan bepul xizmatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.11.1998 yildagi PF-2107-sonlii Prezident Farmoniga muvofiq quyidagilarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul xizmatlar ko‘rsatiladi:


➖ shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lganlarga;


➖ Sog‘liqni saqlash asosiy zvenosida tibbiy xizmat ko‘rsatish, birinchi navbatda qishloq aholisiga;


➖ bir qator infeksion kasalliklarga qarshi aholini immunizatsiya va vaksinatsiya qilish;


➖ ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarga (atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi, silga chalinganlar, ruhiy kasallar, proffessional kasalliklarga, endokrinologik va onkologik kasalliklar) uchraganlarga;


➖ bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash (pulli kasalxonalardan tashqari);


➖ 15-17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni va harbiy chaqiriq yoshidagilarni (18-27), harbiy chaqiriq komissiyasining yo‘llanmasi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash;


➖ tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish xizmati (pulli muassasalardan tashqari);


➖ davlat davolash-profilaktik muassasalardagi bemorlarni maxsus chegirmalar bilan davolash (nogironlar, urush ishtirokchilari, chin yetimlarni).