Maktabda yangi o‘quv yilining dastlabki kunlari qanchalik qiziqarli va zavqli oʻtsa, taʼtildan qaytgan oʻquvchilarning fan darslariga kirishib ketishlari shunchalik yengil oʻtadi. Eʼtiboringizga quyidagi qiziqarli texnikalarni havola etamiz.
“Hammasi men haqimda”
Ish varaqalari tarqatiladi va oʻquvchilardan oʻzlarining yaxshi koʻrgan mashgʻulotlari haqida hamda bu oʻquv yilidagi maqsadlari bilan oʻrtoqlashishlarini soʻrang.
“Maktabga qaytish”
Oʻquvchilardan oʻquv joylarini topishlarini hamda oʻquv qurollari jihozlariga uchun sinf ichida joy topishlariga imkoniyat yarating.
“Maktabning birinchi kuni”
Maktabning birinchi kunida yozish uchun kundalik tutishlarini taklif qiling hamda oʻquvchilarning ushbu oʻquv yili uchun rejalari va maqsadlari bilan oʻrtoqlashadigan qiziqarli flip-kitob yarating.
“Maktabning birinchi kuni” sheʼri shabloni
Oʻquvchilarga maktabning birinchi kuni haqida sheʼr yozishga taklif qiling yoki oʻzlari bilgan maktab haqidagi sheʼrlarni yoddan aytishlarini soʻrang.
“Biz boshqachamiz, biz bir xilmiz”
Venn diagrammasi yordamida faoliyat tashkil qiling, oʻquvchilarga sinfdoshlari bilan oʻxshashliklari va farqlarini solishtirishga taklif qiling.
Manba: @trm_metodika