Oʻqituvchilarga ustama belgilashda hisobga olinadigan fan olimpiadalari, tadbirlar va tanlovlar roʻyxati e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalarni belgilashda inobatga olish tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati belgilangan.

Ustama oʻquvchilarning olimpiada, tanlovlar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki va qoʻlga kiritgan natijalari orqali belgilanadi.

Quyida, oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama olib kelishi mumkin boʻlgan tanlov va tadbirlar roʻyxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin boʻladi.