👉ATTESTATSIYA TESTLARINI ISHLASH👈 👉ATTESTATSIYA TESTLARINI ISHLASH👈

? Turkiya davlatining Antaliya shahrida boʻlib oʻtgan XXIII “Xalqaro Antaliya bolalar festivali”da Samarqand viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak aʼzolari “Doira”, “Milliy raqs” va “Dutor” yoʻnalishlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, barcha yo'nalishlar bo'yicha faxrli 1️⃣-o'rin sohibiga aylandilar.

?Festival yakunida barcha ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

? Xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilayotganligi va erishayotgan yutuqlari tufayli, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi Sizlar kabi o'quvchi-yoshlarimizdan faxrlanadi hamda kelgusidagi o'qishlariga muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati