Ustama belgilashda inobatga olinadigan tanlovlar ro’yxati kengaymoqda
👉ATTESTATSIYA TESTLARINI ISHLASH👈 👉ATTESTATSIYA TESTLARINI ISHLASH👈

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrda qabul qilingan 823-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan hujjatlarga asosan, 2025-2026-o‘quv yilida umumta’lim maktablarida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha ustamalar belgilash tartibi belgilangan. Ushbu jarayonda e’tiborga olinadigan fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar va boshqa muhim tadbirlarning ro‘yxati 2025-yil 13-yanvar kuni 03-14-75-sonli kuzatuv xati orqali hududiy ta’lim muassasalariga taqdim etilgan edi.


Mazkur jarayonni yanada takomillashtirish maqsadida, 2025-yil 13-mart kuni qo‘shimcha ravishda 03-14-769-sonli ko‘rsatma xati chiqarildi. Ushbu hujjatga ko‘ra, umumta’lim muassasalari o‘qituvchilarining oylik ish haqlariga ustama qo‘shishda “Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi” hamda “Ixtirochilikka qadam” tanlovlari ham asosiy mezonlardan biri sifatida inobatga olinadigan bo‘ldi.