2025/2026-oʻquv yilidan boshlab musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda.
Milliy baholash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
➖birinchi bosqich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari;
➖ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan amaliy (ijodiy) imtihon.
B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan oʻqituvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.
Loyiha bilan quyida to'liq tanishishingiz mumkin: