Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 300-sonli buyrug‘i bilan:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan ikkinchi xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, xitoy) til oʻquv dasturlari 1-6-ilovalarga muvofiq;
2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 10-sinfdan ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:
uch kun muddatda mazkur buyruqni ikkinchi xorijiy til oʻqitish amaliyoti joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yetkazish va ijrosini nazorat qilish;
ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish;
har chorakda ikkinchi xorijiy tilga oʻqitish amaliyoti borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar toʻgʻrisida vazirlikka maʼlumot kiritish vazifalari yuklatildi.