Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dars taqsimoti
👉ATTESTATSIYA TESTLARINI ISHLASH👈 👉ATTESTATSIYA TESTLARINI ISHLASH👈

Ko‘plab maktablarda dars taqsimotida quyidagi xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Ya’ni, boshlang‘ich sinflardagi ona tili va o‘qish savodxonligi darsini bir o‘qituvchiga, matematika darsini ikkinchi o‘qituvchiga, sinf rahbarligini esa yana boshqa o‘qituvchiga berishib, darslarni o‘zaro bo‘lib yuborishgan.

ta’lim

образования

 

 

Vaholanki, Adliya vazirligidan 2020-yil 30-iyunda  3271-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan qo‘shma qarorning  23-bandida boshlang‘ich sinflardagi asosiy fanlar; o‘qish, ona tili, matematika va sinf rahbarligi faqatgina bir nafar o‘qituvchiga berilishi kerakligi haqida gap boradi va ushbu fanlar, sinf rahbarligi faqatgina bir nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga berilishi kerak. Qolaversa, boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilar uchun ham turli xil o‘qituvchilarning dars o‘tishi, o‘quvchilarning o‘qish va o‘zlashtirishi, tarbiya jarayoniga ham salbiy ta’sir etishi mumkin.

 


To‘g‘ri, boshlang‘ich sinflarda dars taqsimoti har yili  uzoq cho‘ziladi va turli xil kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Lekin, o‘quvchilarning ta’limini va bir kun kelib tekshiruv bo‘lishini ham hisobga olish kerak.

Yuqoridagi 3271-sonli qo‘shma qarorning 27-bandida nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik bor.