Albatta, mumkin. Faqat xodimning roziligi bilan. Hamda 14 kun dam olganidan so‘ng.
Mehnat kodeksining 232-moddasiga asosan har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Mehnat Kodeksining 230-moddasiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko‘ra joriy yilda har yilgi mehnat ta’tilini to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta’tilning 14 kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin bo‘lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.
Ya’ni xodimni ta’tildan chaqirib olishda shunga e’tibor berish kerakki, xodim mehnat ta’tilining yaxlit 14 kalendar kuniga teng qismidan joriy yilda foydalanilishi shart.
Ta’til qismlarga bo‘linganda ta’tilning yaxlit bir qismi 14 kalendar kunidan kam bo‘lmasligi kerak.