Umumta’lim maktablarida kuzgi ta’til 2026-yil 4-noyabrdan boshlanib, 6 kun davom etadi. 2-chorak darslari 10-noyabr kuni boshlanadi. Barcha choraklar va ta’tillar jadvali.
O‘quvchilar ham, ota-onalar ham, o‘qituvchilar ham shu kunlarda bitta savolga javob izlamoqda: 1-chorak qachon tugaydi va kuzgi ta’til qachon boshlanadi? Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi sanalarni eslatib o‘tdi.
Kuzgi ta’til: 4–9-noyabr
1-chorakning oxirgi o‘quv kuni — 3-noyabr (seshanba).
Kuzgi ta’til 4-noyabr (chorshanba) kuni boshlanadi va 6 kalendar kun davom etadi.
Ta’tilning oxirgi kuni — 9-noyabr (dushanba).
2-chorak darslari 10-noyabr, seshanba kuni boshlanadi.

Nega aynan 6 kun? Ta’tilning boshlanishi va davomiyligi Vazirlar Mahkamasining 140-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan: kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanib, olti kalendar kun davom etadi.
2026/2027-o‘quv yili: barcha choraklar va ta’tillar
|
Davr |
Sanalar |
|
1-chorak |
2-sentabr — 3-noyabr 2026 |
|
Kuzgi ta’til |
4 — 9-noyabr 2026 (6 kun) |
|
2-chorak |
10-noyabr — 27-dekabr 2026 |
|
Qishki ta’til |
28-dekabr 2026 — 10-yanvar 2027 |
|
3-chorak |
11-yanvar — 20-mart 2027 |
|
Bahorgi ta’til |
21 — 27-mart 2027 |
|
4-chorak |
28-mart — 25-may 2027 |
Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari sababli ayrim sanalar o‘zgarishi mumkin.
O‘qituvchilar uchun: ta’tilgacha nimalarni ulgurish kerak?
e Maktab jurnalida bahosi yo‘q o‘quvchilarni tekshirib, baholarini qo‘ying.
Choraklik baholarni chiqaring: 0,5 va 1 soatlik darslarga “OZ” yoziladi, 1,5 soat va undan ko‘p darslarga baho chiqariladi.
Onlayn Ch SB rejalashtirilgan bo‘lsa, uni chorak tugashidan oldin o‘tkazib, natijalarni jurnalga o‘tkazing.
Ta’til kunlari attestatsiya sinovlari davom etadi (28-noyabrgacha) — sanangizni tekshirib qo‘ying.
Tez-tez beriladigan savollar
Kuzgi ta’til necha kun?
6 kalendar kun: 4-noyabrdan 9-noyabrgacha.
O‘quvchilar maktabga qachon qaytadi?
10-noyabr, seshanba kuni. Shu kundan 2-chorak boshlanadi.
Qishki ta’til qachon?
28-dekabr 2026 dan 10-yanvar 2027 gacha. 3-chorak 11-yanvarda boshlanadi.
Ta’til 1-sinflar uchun ham shu sanalardami?
Kuzgi ta’til barcha sinflar uchun bir xil. Qishki ta’tilda boshlang‘ich sinflar uchun alohida tartib e’lon qilinishi mumkin — rasmiy xabarlarni kuzatib boring.
Manbalar: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi; Vazirlar Mahkamasining 140-son qarori; 2026/2027-o‘quv yili kalendari.