O‘rtacha ish haqi — xodimning oxirgi 12 oy davomida olgan mehnatga oid daromadlarining o‘rtacha miqdori.
O‘rtacha ish haqi — xodimning oxirgi 12 oy davomida olgan mehnatga oid daromadlarining o‘rtacha miqdori. Ko‘plab to‘lovlar aynan shu summa asosida hisoblanadi, shuning uchun uni to‘g‘ri hisoblashni bilish har bir xodim uchun foydali.
Qachon kerak bo‘ladi?
- xizmat safari;
- mehnat ta’tili;
- kasallik;
- o‘qish va malaka oshirish;
- tibbiy ko‘rik;
- vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish;
- foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya.
Hisoblash tartibi

✅ Oxirgi 12 oydagi maosh, ustamalar va mukofotlar jamlanadi.
✅ Barcha kunlar to‘liq ishlangan bo‘lsa:
o‘rtacha kunlik ish haqi = jami daromad ÷ (12 × 25,3)
✅ Ishlanmagan kunlar bo‘lsa:
o‘rtacha kunlik ish haqi = jami daromad ÷ amalda ishlangan kunlar
🚫 Bir martalik va ijtimoiy to‘lovlar (moddiy yordam, yo‘l xarajatlari kompensatsiyasi, kasallik nafaqasi va h.k.) hisobga kirmaydi.
🚫 Ishlanmagan kunlar (kasallik, ta’til, tug‘ruq ta’tili, ish haqi saqlanmaydigan ta’til, bekor turish) va ularga to‘langan summalar hisobdan chiqariladi.
❗️ Xodim 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, hisob u ishga rasman kirgan kundan boshlab olinadi.
📌 Mehnat ta’tili puli alohida tartibda hisoblanadi:
o‘rtacha oylik ish haqi ÷ 25,3 × ta’til davridagi ish kunlari (6 kunlik ish haftasi bo‘yicha)
Misollar

Xodimning oylik maoshi 5 060 000 so‘m deb olaylik.
1-misol. Xodim 12 oy to‘liq ishlagan.
Jami daromad: 5 060 000 × 12 = 60 720 000 so‘m
O‘rtacha kunlik ish haqi: 60 720 000 ÷ 303,6 = 200 000 so‘m
2-misol. Xodim yil davomida 20 kun kasal bo‘lgan.
Kasallik kunlari va kasallik nafaqasi hisobdan chiqariladi. Xodim 280 kun ishlagan va shu kunlar uchun 56 000 000 so‘m olgan.
O‘rtacha kunlik ish haqi: 56 000 000 ÷ 280 = 200 000 so‘m
3-misol. 5 kunlik xizmat safari.
200 000 × 5 = 1 000 000 so‘m
4-misol. Mehnat ta’tili (18 ish kuni).
5 060 000 ÷ 25,3 × 18 = 3 600 000 so‘m
Eslatma: misollar tushunarli bo‘lishi uchun soddalashtirilgan. Amalda ustama va mukofotlar oyma-oy farq qilishi mumkin, aniq hisob-kitobni tashkilotingiz buxgalteriyasi amalga oshiradi.