Milliy sertifikatda pedagoglar uchun 50 foizlik chegirma nima sababdan ishlamadi?

Xalq ta'limi / 23 oktabr, 17:51 · 2297

Milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tgan ba’zi o‘qituvchilar to‘lov paytida qonun bilan berilgan 50 foizlik chegirmani tizimda ko‘rmagan.

Milliy sertifikatda pedagoglar uchun 50 foizlik chegirma nima sababdan ishlamadi?
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tgan ba’zi o‘qituvchilar to‘lov paytida qonun bilan berilgan 50 foizlik chegirmani tizimda ko‘rmagan. Muddatni o‘tkazib yubormaslik uchun ularning ko‘pchiligi to‘lovni to‘liq summada amalga oshirgan.

Imtiyoz qayerda belgilangan?

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga ko‘ra, ta’lim muassasalarida mehnat shartnomasi bilan ishlayotgan pedagoglar ayrim davlat xizmatlari uchun to‘lovning faqat yarmini to‘laydi. Milliy sertifikat imtihonlari uchun bu norma 646-son qaror bilan tasdiqlangan nizomning 18¹-bandida ham mustahkamlangan.

Muammo nimada bo‘lgan?

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi”ning tushuntirishicha, dastlab o‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlar ikki vazirlikning alohida API xizmatlari orqali olinishi rejalashtirilgan. Ammo bu xizmatlarni ulash cho‘zilib ketgan, bir nechta tizimga parallel so‘rov yuborish esa yuklamani oshirgan. Shu sababli chegirmani avtomatik qo‘llash kechikkan.

Endilikda pedagogning ish joyi “Yagona milliy mehnat tizimi” (YMMT) orqali tekshiriladi va chegirma shu ma’lumot asosida beriladi.

Chegirma chiqmasa nima qilish kerak?

O‘zingiz ishlayotgan maktab yoki ta’lim muassasasiga murojaat qilib, YMMT’dagi ma’lumotlaringiz to‘g‘ri va to‘liq kiritilganini tekshirtiring, kerak bo‘lsa yangilating.

To‘liq to‘lagan o‘qituvchilarning puli-chi?

Bu savolga hozircha aniq javob yo‘q. Bilim va malakalarni baholash agentligi ortiqcha to‘lovlarni qaytarish tartibi amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilmaganini ma’lum qilgan. Markaz esa bu masala bo‘yicha Ta’lim va ilm-fan vazirligi tushuntirish berishi kerakligini bildirgan.

 

Manba: talimxabarlari.uz

O‘xshash maqolalar