O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.09.2019 yildagi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy…
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.09.2019 yildagi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida 823-son qarori 29-bandiga ko'ra,
Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi belgilangan.
2026-yil 1-avgust holatiga eng kam ish haqi 1 mln 360 ming so‘m. Ushbu summaing 75 foizi 1 020 000 so'mni, 50 foizi 680 ming so'mni tashkil etadi.
Pedagoglar va rahbar xodimlar 1-oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar" bayram kuni munosabati bilan 680 ming so'mdan 1 020 000 so‘mgacha pul mukofoti olishlari mumkin.
Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg‘armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag‘lari doirasida belgilanadi.