Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Xalq ta'limi / 12 avgust, 12:52 · 4970

2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish…

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

Unga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya’ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.
 
Shuningdek, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi.

Shu sababli:
 
— 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi;
 
— 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 3 kun dam oladi.

 

 

O‘xshash maqolalar